«Ipak yöli» turizm xalqaro universiteti taşkil topganiga hali köp bölgani yöq. Lekin ötgan uç yil davomida turizm universiteti ta'lim tizimida bir qança yangiliklar böldi.

Respublika oliy ta'lim muassasalari orasida ilk bor «Ipak yöli» turizm xalqaro universitetida xalqarolaşuv jarayonini tezlaştiriş hamda talabalarga e'tiborni yanada kuçaytiriş maqsadida 2021 yil yanvar oyidan boşlab «part-time on-campus job», ya'ni kampusda talabalarga xizmat körsatadigan obektlarda işlaş imkoni yaratiladi.

Şuni tan oliş kerak, zamonaviy talabalarning qöşimça pul topiş yöllarini izlaşi ayni haqiqat. Çunki ayrim talabalarning ota-onalari farzandlarini har doim ham moliyaviy qöllab-quvvatlaşi va konraktlarini tölaş imkoniyatiga ega emas. Şu sababli ayrim talabalar öz mehnati bilan pul topişga intiladi.

Biroq talabalarning iş topiş imkoni çeklangan. Iş tajribasining yöqligi ularga bu borada pand berişi turgan gap. Boşqa tomondan, talabalarga iş uçun ajratilişi mumkin bölgan vaqt ham çeklangan. Mehnat kodeksiga asoslansak, talabalar öquv jarayonidan taşqari, haftasiga 20 soatdan ortiq bölmagan vaqt içida işlaş imkoniga ega. Lekin hozirgi kunda şu çeklangan vaqtdan ham katta foyda oliş imkoniyati mavjud.

«Ipak yöli» turizm xalqaro universitetida yaqin orada joriy etiladigan «part-time on-campus job» xizmati talabalarga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

1. Oylik maoş oliş imkoniyati;

2. Tajriba orttiriş;

3. Vaqtdan unumli foydalaniş va hokazo.

Pandemiya şaroitida rivojlangan davlatlardagi universitetlarda joriy etilgan tajribani amalga oşirişning maqsadi bitta ­– talabalarga ğamxörlik qiliş va talabalik davridanoq muhim tajribani qölga kiritişlariga kömaklaşişdir.