Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: milliarder Iskandar Mahmudov Fransiyadagi manfaatlarini himoya qilish uchun Makronning safdoshiga 300 ming yevro to‘lagan
Foto: Wikipedia
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning «Respublika, olg‘a!» partiyasi xavfsizlik xizmati sobiq rahbari Vensen Kraz rossiyalik milliarder Iskandar Mahmudovdan uning mulkini himoya qilish uchun 294 ming yevro olgan. Bu haqda Fransiyaning Mediapart internet-nashri surishtiruvida aytiladi.
Foto: REUTERS/Philippe Wojazer
Jurnalistlar ma'lumotiga ko‘ra, Kraz Mahmudovning yaqinlari va Fransiyadagi mulkini himoya qilishga rozi bo‘lgan. U Monako, Lyuksemburg va Kiprdagi ofshorlarda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalarga rasmiylashtirilgan. Pullar Mars firmasi hisob raqamlariga o‘tkazilgan, u 2017 yilgi prezidentlik saylovlarida Makronning g‘alabasidan so‘ng tashkil etilgan va Monakoda ro‘yxatdan o‘tgan. Kraz - uning yagona aksiyadori.
Forbes jurnali tomonidan tayyorlangan, Rossiyaning 2018 yildagi eng boy odamlari ro‘yxatida Mahmudov 7,3 mlrd dollar bilan 16-o‘rinni egalladi. U Ural kon-metallurgiya kompaniyasiga egalik qiladi. Mediapart Mahmudovni Vladimir Putinga yaqin oligarx, deb ataydi.
2018 yilning yozida Vensen Kraz lavozimidan bo‘shatildi va hibsga olindi - bu Le Monde gazetasi kuzatuv kameralaridan yozuvlarni e'lon qilganidan keyin yuz berdi. Ularda u Makronning xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Aleksandr Benall bilan birinchi may mitinglari ishtirokchilarini do‘pposlayotgani tasvirlangan.
Mavzuga oid
11:33 / 20.01.2026
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
20:54 / 18.01.2026
Makron AQShga qarshi javob choralari ko‘rishni taklif qilmoqda
14:45 / 14.01.2026
Le Pen apellyatsiyasi: prezidentlik saylovi masalasi sudda hal bo‘ladi
13:37 / 14.01.2026