Fransiyada seşanba, 13 yanvar kuni “Milliy birlaşuv” öta öng partiyasi rahbari Marin Le Penga nisbatan Yevroparlament mablağlarini noqonuniy özlaştiriş işi böyiça çiqarilgan hukm ustidan şikoyatni körib çiqişga doir sud eşituvlari boşlanmoqda.
2025 yil mart oyida Parij sudi Le Penni Yevroparlament mablağlarini maqsadsiz sarflaşda aybdor deb topib, beş yil davomida davlat hokimiyati organlariga saylaniş huquqidan mahrum etgan. Fransiya öta önglari yetakçisiga 100 ming yevro miqdorida jarima, şuningdek umumiy hisobda tört yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan (şundan ikki yili şartli, yana ikki yili esa elektron braslet bilan uy qamoğini nazarda tutadi).
Sud Le Pen va “Milliy birlaşuv” partiyasidan bölgan yana sakkiz nafar yevrodeputat YeI fondlaridan 4 million yevrodan ortiq mablağni özlaştirgan, degan xulosaga kelgan. Xususan, 2004–2016 yillar oraliğida Le Pen va uning safdoşlari Yevroparlament mablağlaridan haq tölaş uçun foydalangan, biroq aslida mazkur xodimlar “Milliy birlaşuv” partiyasi uçun işlagan.
Le Pen apellyatsiya bergani sababli mart oyidagi hukm hali kuçga kirmagan. Le Penning özi bu hukmni “siyosiy sabablar bilan çiqarilgan” deb ataydi va sud qarori bekor qilinişiga umid qiladi — şunda u Fransiya prezidenti lavozimiga törtinçi marta nomzod böla oladi.
Hukm ustidan şikoyat böyiça sud eşituvlari 12 fevral kuni yakunlanişi kutilmoqda. Apellyatsiya böyiça sud qarori 2026 yil yozigaça çiqarilişi taxmin qilinmoqda. Agar davlat lavozimlariga saylanişda qatnaşişga qöyilgan beş yillik taqiq qayta körib çiqilsa, Le Penda 2027 yilgi Fransiya prezidentlik saylovida nomzod böliş imkoniyati saqlanib qolişi mumkin.
Biroq, agar sud avvalgi qarorni kuçda qoldirsa, Le Penga hatto Fransiya Konstitutsiyaviy sudiga ham şikoyat qilgan taqdirda, prezident saylovida qatnaşiş taqiqlanadi. Le Penning aytişiça, bu holda uning örniga “Milliy birlaşuv”ning 30 yoşli yetakçisi Jordan Bardella nomzod qilib körsatilişi mumkin.
Bardellaning özi Le Penni “töliq qöllab-quvvatlaşini” bildirgan va agar sud saylovlarda qatnaşiş taqiqini saqlab qolsa, bunday qaror “demokratiya uçun nihoyatda xavotirli” bölişini ta’kidlagan. Siyosatçi, şuningdek, hozirça 2027 yilgi saylovda “Milliy birlaşuv”dan prezidentlikka nomzod emasligini, faqatgina boş vazir lavozimiga da’vo qilayotganini aytgan.
Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron konstitutsiyaviy çeklovlar sababli 2027 yilgi saylovda iştirok eta olmaydi. Yakşanba kuni Le Monde gazetasi e’lon qilgan jamoatçilik fikri söroviga köra, fransuzlarning taxminan 42 foizi “Milliy birlaşuv” ğoyalarini qöllab-quvvatlaydi. Ilgariroq boşqa sörovlar ham prezidentlik saylovida öta öng partiya nomzodi ğalaba qozonişini başorat qilgan edi.

















