Iqtisodiyot | 13:30 / 28.05.2024
21199
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi birinchi besh yulduzli mehmonxona sotuvga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi International Hotel Tashkent mehmonxonasidagi 100 foiz davlat ulushini sotish jarayoni boshlanganini e’lon qildi.

Foto: ihthotel.uz

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi InterHotel MChJdagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish uchun savdo jarayonlari boshlanganligini e’lon qiladi.

Xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida Deloitte kompaniyasi jalb etilgan.

Sotuvga qo‘yilgan mehmonxona 232 ta xona, 7 ta konferensiya zali, 2 ta restoran, barlar, yozgi terrasa, fitnes-klub va basseynni o‘z ichiga oladi. Umumiy 3 ga yer maydonida 44 903 kv metr bino va inshootlar joylashgan.

Xususiylashtirish jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi: sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest), majburiyatga ega bo‘lmagan taklif (NBO) hamda majburiyatga ega bo‘lgan taklif (BO) bosqichlari. Yakuniy bosqichda taklif etiladigan qat’iy narx taklifining kamida 1 foizini kafolatli to‘lov sifatida amalga oshirish belgilangan.

Arizalarni qabul qilish muddati - 2024 yil 4 iyul soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar davom etadi.

Mavzuga oid