GRU Space rejasiga köra, Oyda tört kişilik kiçik mehmonxona 2032 yilga borib işga tuşadi. Hoziroq iştirok etişni istaganlar uçun navbat oçilgan. Depozit miqdori 250 ming dollardan 1 million dollargaça yetadi. Bu pul mehmonxonaga kiriş kafolati emas, balki birinçi Oyga uçadigan sayyohlar orasida ustunlik oliş imkoniyati.
Mehmonxona eng qiziq jihati bilan ajralib turadi. U Yerdan olib borilgan materiallardan emas, balki Oyning özidagi tuproqdan quriladi. Oy çangi maxsus texnologiya orqali quriliş uçun mos ğiştga aylantiriladi. Bu transport xarajatlarini keskin kamaytiradi. Bino dizayni esa San-Fransiskodagi Palace of Fine Ars uslubida böladi. Klassik ustunlar va katta ayvonlar Oy yuzida paydo böladi.

Loyiha ortida muhandis Skayler Çan turibdi. U Kaliforniya universiteti bitiruvçisi bölib, ğoyani avval yolğiz işlab çiqqan. Keyin u sarmoya topgan va maşhur Y Combinator akseleratoridan ötgan. Bu aynan Airbnb va Dropbox kabi startaplarni dunyoga olib çiqqan tizim.
2029 yilga borib GRU Space Oyga birinçi sinov yuklarini yuborişni rejalaştiryapti. U yerda şişiriladigan modullar, havo bosimi, kislorod, harorat va quyoş panellari tekşiriladi. Şuningdek, Oy çangi qanday qilib quriliş materiallariga aylanişini amalda körişadi.

Keyingi bosqiçda esa kattaroq modul Oy içidagi tabiiy ğorga örnatiladi. Bunday joy radiatsiyadan va keskin issiq-sovuqdan yaxşi himoya qiladi. Şu bilan odamlar uçun xavfsiz yaşaş muhiti yaratiladi.
GRU Space bu loyihani faqat boylar uçun ekzotik sayohat deb hisoblamaydi. Ular buni Oyda doimiy inson mavjudligi uçun birinçi qadam deb köradi. Bugun mehmonxona, ertaga ilmiy baza, keyin esa Oyda kiçik şaharçalar paydo bölişi mumkin.
Qiziq tomoni şundaki, bunday şişiriladigan modullar ilgari NASA tomonidan Xalqaro kosmik stansiyada sinovdan ötgan. BEAM nomli modul bir neça yil işlagan va metall konstruksiyalarga qaraganda yengilroq va çidamliroq bölib çiqqan. Kosmosda har bir kilogramm yuk juda qimmat bölgani uçun bu texnologiya juda muhim.
Oydagi mehmonxona ğoyasi bugun ğalati tuyulişi mumkin. Lekin bir neça ön yildan keyin Oyga boriş samolyotga çiqişdek oddiy işga aylanişi ehtimoldan xoli emas.








