Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq «Toşkent» mehmonxonasi göyoki buzilişi rejalaştirilayotgani haqida ma’lumot tarqaldi. Hozir u Lotte City Hotel Tashkent Palace nomi bilan faoliyat yuritmoqda.

Xususan, Facebook’da uşbu binoning barça xodimlari işdan böşatilgani xabar qilindi.

«Bu ma’lumot haqiqatga töğri kelmaydi», – deb yozdi Toşkent şahri hokimiyati vakili Gulnoza Qosimova şaxsiy Telegram kanalida Toşkent Turizm va madaniy meros boş boşqarmasi va mehmonxona ma’muriyatiga tayanib.

Poytaxt hokimligi ham Facebook’da «snos» haqidagi e’longa izoh berdi: «Sobiq „Toşkent“ mehmonxonasi […] buzib taşlanmaydi».

Lotte City Hotel Tashkent Palace – poytaxt markazida joylaşgan tarixiy mehmonxona bölib, rasmiy ma’lumotlarga köra, bino 1958 yilda qurilgan.

Şuningdek, Toşkent şahri rasmiy axborot sahifalarida keltirilişiça, 2003 yilda mehmonxona boşqaruvi Le Meridien brendiga ötgan, 2013 yilda esa rekonstruksiyadan söng Lotte brendi boşqaruviga berilgan va hozirgi nomi bilan faoliyat yuritmoqda.

Mazkur mehmonxona böyiça ayrim yillarda davlat uluşini xususiylaştiriş jarayonlari haqida ham rasmiy axborotlar e’lon qilingan, biroq bu holat binoning albatta buzilişi degani emas.