Jahon | 10:57 / 11.04.2018
7457
1 daqiqa o‘qiladi

Yevronazorat Suriyada yaqin kunlar ichidagi ehtimoliy aviazarbalar haqida ogohlantirdi

Foto: Valeriy Sharifulin/TASS

Yevropa havo navigatsiyasi xavfsizligi bo‘yicha tashkilot (Yevronazorat) Sharqiy O‘rta Yer dengizi yo‘nalishi bo‘ylab parvozlar xavfi haqida ogohlantirish berdi, sababi yaqin uch sutka ichida Suriyaga aviazarbalar berilishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

«Sharqiy O‘rta Yer dengizi/Nikosiya hududiga parvozlar rejalashtirilishiga jiddiy e'tibor bilan qarash kerak», - deya ma'lum qilishgan Yevronazoratdan.

Tashkilotdan ogohlantirishlaricha, ushbu vaqt oralig‘ida havo-yer raketalari va qanotli raketalar foydalanilishi mumkin, shuningdek, radiouskunalar xato bilan ishlash ehtimoli bor. Ta'kidlanishicha, mintaqadagi beqaror vaziyat AQSh va Rossiyaning o‘zaro bahsi bilan bog‘liq. Bu Suriyaning Duma shahrida kimyoviy qurol qo‘llanilganiga aloqador hodisa bo‘yicha turli pozitsiyalar kelib chiqqani tufayli ro‘y bermoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid