Jahon | 08:49 / 25.09.2018
12837
1 daqiqa o‘qiladi

Qiruvchi va reaktiv samolyot, Tesla, “Formula-1” bolidi, mototsikl va superkarlar poygada sinaldi (video)

Foto: REUTERS

Istanbulda o‘tgan aerokosmik texnologiyalar festivalida 402 metrga noodatiy poyga uyushtirildi. Uchish-qo‘nish polosasiga 7 ta transport vositasi – Lotus Evora GT430 va Aston Martin Vantage sportkarlari, Tesla Model S P1000DL trek elektromobili, “Formula-1” bolidi, Kawasaki Ninja H2R mototsikli, F-16 qiruvchi samolyoti va Bombardier Challenger 605 reaktiv samolyoti qo‘yildi.

Kutilmaganda, poygada mototsikl haydovchisi g‘olib bo‘ldi. U masofani 9,43 soniyada o‘tib, “Formula-1” bolididan 0,04 soniya “chaqqonroq” chiqqan. Marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib F-16 qiruvchisi, oxirgi bo‘lib esa Aston Martin Vantage kesib o‘tgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid