Ma’lum qilinishicha, Boeing 787 havo kemasi ekipaji yo‘lovchiga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida muqobil aerodrom sifatida Samarqand aeroportiga yo‘nalish olgan. Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 3:40 da qo‘ngan.
1959 yilda tug‘ilgan Fransiya fuqarosi bo‘lgan yo‘lovchiga shifokorlar tomonidan tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, unda yurak xuruji gumon qilinmoqda. Yo‘lovchi va unga hamroh bo‘lgan ikki nafar shaxs qo‘shimcha tekshiruv va davolanish uchun tibbiyot xodimlariga topshirildi.
Zarur amaliyotlar yakunlanganidan so‘ng, reys parvozni davom ettirdi va mahalliy vaqt bilan soat 5:11 da Istanbul tomon yo‘l oldi.











