Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shomurodov Turkiya Superligasining birinchi davrasida eng yaxshi to‘purar bo‘ldi
Ayni paytda Eldor Shomurodovning hisobida 13 ta gol va 3 ta golli pas bor. "Istanbul Boshoqshehir” 18 o‘yindan so‘ng 26 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 6-pog‘onasidan joy olgan.
Foto: Istanbul Boshoqshehir
Turkiyaning Anadolu axborot agentligi futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov bilan intervyuni e’lon qildi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.
Unda yozilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda sport, xususan, futbolda katta natijalarga erishilgan. O‘zbek futbolchilari nafaqat mamlakatda, balki xorij muxlislari orasida ham mehr qozonib, yurt dovrug‘ini jahonga yoymoqda.
“Istanbul Boshoqshehir” jamoasi tarkibida to‘p surayotgan Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining birinchi mavsumida 17 o‘yinda 12 ta gol urib, eng yaxshi to‘purar bo‘ldi.
Eldor o‘zbek futboli so‘nggi yillarda katta yutuqlarga erishganini ta’kidlar ekan, bunday natijalarda, avvalo, davlat rahbarining futbolga ko‘rsatayotgan katta e’tiborini alohida e’tirof etgan.
“Yoshlarga har bir sohada keng imkoniyat taqdim etilmoqda. Buning natijasida, yoshlar o‘z salohiyatini namoyish etib, yuksak natijalarga erishmoqda. O‘ylaymanki, so‘nggi 10-15 yil ichida biz katta yuksalishni boshdan kechirdik”, deb ta’kidlagan Eldor Shomurodov.
Intervyuda O‘zbekiston terma jamoasi sardori 2026 yil AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkaziladigan Jahon chempionati haqida ham fikr yuritgan.
“Biz tarixda ilk bor 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqdi. Bu, albatta, ajoyib! Mundialga chiqishni necha yillardan buyon kutib yurgan xalqimiz bundan juda xursand bo‘ldi. Hozirda jahon chempionatiga astoydil tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Maqsadimiz – munosib ishtirok etish, O‘zbekistonning futbol bo‘yicha ham dunyoga o‘zini ko‘rsatish.
Guruhdan chiqish uchun doim imkoniyat bo‘lgan. Albatta, biz faqat ishtirok bilan cheklanmay, yaxshi natijaga erishishga harakat qilamiz. Eng muhimi, nufuzli chempionatda kuchli terma jamoalar bilan munosib tarzda raqobatlashamiz”, degan futbolchi.
Eldor Shomurodov suhbat davomida 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘l olishga imkon bergan Birlashgan Arab Amirliklari bilan o‘yinni unuta olmasligini ta’kidlagan:
“Bu eng unutilmas o‘yin edi. Aynan shu o‘yin bizga mundialda qatnashish imkonini berdi. O‘sha o‘yinni hech qachon esimdan chiqarmayman, chunki o‘sha kuni butun futbol faoliyatim ko‘z o‘ngimda o‘tgan”, degan u.
Eldor o‘zbek milliy taomlari, qadriyat va an’analari haqida ham to‘xtalib o‘tgan.
“O‘zbek oshxonasi turk oshxonasidan qolishmaydi. Bizning turfa milliy taomlarimiz barobarida, Samarqand, Xiva va Buxoro kabi tarixiy shaharlarimiz ham bor. Toshkentda ham ko‘plab o‘zgarishlar bo‘ldi. Ko‘plab go‘zal manzillar bor. Qisqasi, O‘zbekistonga tashrif buyurgan kishi hech ham afsuslanmaydi”, degan o‘zbekistonlik futbolchi.
Ayni paytda Shomurodovning hisobida 13 ta gol va 3 ta golli pas bor. "Istanbul Boshoqshehir” 18 o‘yindan so‘ng 26 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 6-pog‘onasidan joy olgan.
Mavzuga oid
20:46 / 21.02.2026
Abbos penalti ishladi, Eldor uni golga aylantirdi
19:06 / 08.02.2026
Fayzullayevning assisti va Shomurodovning goli "Istanbul Boshoqshehir"ga g‘alaba keltirdi
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
18:25 / 30.01.2026