30 yanvar kuni Toşkentda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi (ÖFA) tomonidan 2025 yilning eng yaxşilarini taqdirlaş marosimi ötkazildi.

Özbekiston milliy jamoasi va Turkiyaning «Istanbul Boşoqşehir» klubi hujumçisi Eldor Şomurodov 2025 yilning eng yaxşi futbolçisi böldi.

Özbekiston milliy jamoasi bilan jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritgan Temur Kapadze yilning eng yaxşi murabbiyi deb topildi.

Qoraqalpoğiston futbol assotsiatsiyasi eng yaxşi hududiy futbol assotsiatsiyasi sifatida e’tirof etildi.

Diyoraxon Habibullayeva ayollar Oliy ligasi töpurari sovrinini qölga kiritdi. Qarşining «Sevinç» klubi hujumçisi ötgan mavsumda ayollar çempionatida 31 ta gol urdi.

Sadriddin Hasanov yilning eng yaxşi yoş futbolçisi böldi. U 2025 yilda Özbekiston U17 terma jamoasi bilan Osiyo Kubogini qölga kiritgan va musobaqaning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan edi.

Vladislav Xan ayollar futbolida yilning eng yaxşi murabbiyi böldi. U «Sevinç» klubi bilan çempionat ğolibligini qölga kiritgan edi.

Terma jamolarga eng köp futbolçi yetkazib berayotgan «Paxtakor», «Nasaf» va «Bunyodkor» klublari maxsus sovrin bilan taqdirlandi.

Qarşining «Sevinç» klubi futbolçisi Nilufar Qudratova ayollar Oliy ligasining eng yaxşi futbolçisi böldi.

«Bunyodkor» akademiyasi vakili Yusuf Ergaşev bolalar futboli böyiça yilning eng yaxşi murabbiyi böldi.

Nasibabonu Toşmuhammedova yilning eng yaxşi ayol hakami böldi.

Klublar örtasidagi Jahon çempionatida muhim öyinlarni boşqargan, xalqaro musobaqalarda faoliyat olib borgan hamda 2026 yilda AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötadigan Jahon çempionati öyinlariga nomzod sifatida qayd etilgan Ilgiz Tantaşev yilning eng yaxşi hakami böldi.