O‘zbekiston | 17:29 / 12.12.2025
4561
2 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva «Insoniy birodarlik» mukofoti hay’ati yig‘ilishida Rim papasi bilan uchrashdi

Mukofotning madaniyatlararo va dinlararo anglashuvni kengaytirishga qaratilgan faoliyatining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva «Insoniy birodarlik» mukofoti hay’ati yig‘ilishida Rim papasi bilan uchrashdi.

«Kecha Shayx Zayd nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti hay’ati yig‘ilishi doirasida Rim papasi Leo XIV bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mukofotning madaniyatlararo va dinlararo anglashuvni kengaytirishga qaratilgan faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildik. O‘zbekistonda turli konfessiyalar vakillari, jumladan katoliklar, totuvlik va bag‘rikenglik muhitida yashayotgani ta’kidlandi. Mukofot bu qadriyatlarni xalqaro miqyosda mustahkamlashga intilmoqda. Butun dunyoda ishonchni mustahkamlash va insonparvarlik tamoyillarini ilgari surishga qaratilgan loyihalar ustida hamkorlikda ishlashga tayyorlik bildirildi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Shayx Zayd nomidagi «Insoniy birodarlik» xalqaro mukofoti 2019 yilda BAA asoschisi Shayx Zayd bin Sulton Ol Nahayon sharafiga ta’sis etilgan. Mukofot har yili 4 fevral - Xalqaro inson birodarligi kunida topshiriladi. Laureatlarga 1 mln AQSh dollari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Ushbu mukofot bilan insonlar o‘rtasidagi birodarlikni mustahkamlash, bag‘rikenglik, tinchlik, insonparvarlik va madaniyatlararo muloqotni targ‘ib qilishda alohida xizmat ko‘rsatgan shaxslar va tashkilotlar taqdirlanadi.

Mavzuga oid