Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlarining yangi bosh qo‘mondonini tayinladi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy rasman Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni lavozimidan ozod etdi va uning o‘rniga Ukrainaning sharqiy frontdagi guruhi qo‘mondoni, general-polkovnik Oleksandr Sirskiyni tayinladi.
Ukraina QK Quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy Ukraina QK bosh qo‘mondoni etib tayinlandi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy rasman ma’lum qildi.
«Bugundan Ukraina qurolli kuchlariga yangi jamoa rahbarlik qila boshlaydi. Men Rabotine yoki Avdiyivkadagi, shuningdek Bosh shtab va stavkadagi jangchilarimizning urush haqidagi qarashlari bir xilda bo‘lishini xohlayman.
Turli darajadagi qo‘mondonlar bilan o‘nlab suhbatlar o‘tkazdim. Xususan, bugun generallar Ondriy Gnatov, Mixaylo Drapatiy, Igor Skibyuk va polkovniklar Pavlel Palisa hamda Vadim Suxarevskiylar bilan gaplashdim. Ularning barchasi armiyadagi rahbarlik lavozimlari uchun ko‘rib chiqilmoqda va nisbatan tajribali ukrain qo‘mondoni qo‘l ostida xizmat qiladi. Men general-polkovnik Sirskiyni Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni etib tayinladim», — degan Ukraina prezidenti.
Valeriy Zalujniy Ukraina QK bosh qo‘mondoni lavozimidan olingani 8 fevral kuni kechqurun ma’lum bo‘lgandi. Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov «bugun Ukraina qurolli kuchlari rahbariyatini o‘zgartirishga qaror qilingani» haqida ma’lum qilgandi.
Kechiktirilgan iste’fo
Ukraina matbuoti so‘nggi haftalarda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Zalujniyni lavozimdan ozod etishga qaror qilgani haqida yozib kelayotgandi.
2023 yil oxirida ko‘p sonli kuzatuvchilar va OAV manbalari Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasida nizo yuzaga kelgani haqida xabar qilgandi.
Rossiya bosqinini to‘xtatishga va keyinroq bosib olingan hududlarning bir qismini qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgan jangovar general – hozirda mamlakatdagi eng mashhur shaxslardan biriga aylangan.
G‘arb nashrlari Zelenskiy Zalujniyning mashhurligi ortib borayotgani va u frontdagi vaziyat boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytgan intervyudan g‘azab otiga mingani haqida yozgan.
Ukraina hukumati vakillari esa tomonlar o‘rtasida bunday ziddiyat borligini rad etishgandi.
Yangi bosh qo‘mondon haqida nimalar ma’lum?
General-polkovnik Oleksandr Sirskiy 1965 yil 26 iyul kuni Vladimir oblasti Novinki qishlog‘ida (hozirgi Rossiya Federatsiyasi hududida) tug‘ilgan. «RBK-Ukraina» nashri yozishicha, Sirskiy armiyada xizmatning barcha bosqichlaridan o‘tgan — vzvod komandirligidan Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimigacha.
2000-yillar boshida Sirskiy joylashuv manzili Belaya Tserkov shahrida bo‘lgan 72-mexanizatsiyalashgan diviziyaga rahbarlik qilgan. 2013 yilda Ukraina QK Bosh qo‘mondonlik markazida NATO bilan hamkorlikka mas’ul o‘rinbosar lavozimini egallagan. 2014 yil Ukraina sharqida qurolli mojaro boshlanganida aksilterror amaliyotlar (ATO) shtabiga boshchilik qilgan. Sirskiy 2019 yilda Quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoniga aylangandi.
Oleksandr Sirskiy Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganida Kiyev mudofaasiga rahbarlik qilgan, shuningdek 2022 yil kuzida Xarkiv oblastida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan qarshi hujum taktikasini ishlab chiqqandi.
Mavzuga oid
09:30
RF TIV Ukrainaning NATOga a’zoligi bo‘yicha «nemis modeli»ni rad etdi
22:13 / 31.10.2024
Ukraina Kim Chen Inni hibsga olish orderi bo‘yicha XJSga murojaat qiladi
21:23 / 31.10.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya va Ukraina Kuraxovo uchun kuzning hal qiluvchi jangini boshladi
15:10 / 31.10.2024