Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktab elektron kundaligi qancha turadi: 20 000 yoki 8600 so‘m?
Maktablarda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan qo‘shimcha “yig‘im”larga ham start beriladi. Xarajatlar ichida elektron kundalik to‘lovi ham bor. Tahririyatga qilingan qator murojaatlarda elektron kundalik narxi asossiz oshirib yuborilayotgani aytilmoqda. Bir o‘quvchi uchun 20 000 so‘mgacha talab qilinmoqda. Elektron kundalikning rasmiy narxi qancha?
Ushbu masala yuzasidan Xalq ta'limi vazirligiga murojaat qildik. Vazirlik matbuot kotibi Laylo Rustamovaning ma'lum qilishicha, elektron kundalik uchun rasmiy belgilangan to‘lov – bir o‘quvchi uchun bir kalendar yilga (365 kunga) 8 600 so‘m.
Elektron kundalikka qo‘shimcha Kundalik.Family ilovasi ham ishlab chiqilgan bo‘lib, u ota-onalar va o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. U yerga Kundalik saytida ro‘yxatdan o‘tgan login va parol orqali kiriladi. O‘quvchi kundaligi uchun bir yillik to‘lov – 8600 so‘m to‘langan bo‘lsa, Kundalik.Family ilovacida barcha ma'lumotlar ochiladi va ko‘rinib turadi. Ilova barcha foydalanuvchilar uchun 30.11.2021 yilgacha bepul taqdim etilgan va u uchun alohida to‘lov o‘tkazish talab etilmaydi.
Ota-onalar va o‘quvchilar elektron kundalik qancha turishi, qanday qilib to‘lov o‘tkazish mumkinligi haqida kundalik.com orqali batafsil ma'lumot olishlari mumkin. Elektron kundalikni faqat www.kundalik.com veb-saytidan va ota-ona yoki o‘quvchi profilidan sotib olish mumkin. Ota-onalar yetarli ma'lumot olishlari uchun qo‘llab-quvvatlash xizmati +998 (78) 888-82-82 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki [email protected] elektron pochta manziliga murojaat qilishlari mumkin.
Mavzuga oid
14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?
18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi
15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi
14:01 / 13.02.2025