Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshda 80 yoshli kishiga o‘xshash chaqaloq dunyoga keldi
Bangladeshning Bulbariya qishlog‘ida istiqomat qiluvchi juftlik oilasida projyeriya xastaligi bilan kasallangan chaqaloq dunyoga keldi.
Bulbariya qishlog‘idagi kambag‘al fermer Bisvajit Patroning rafiqasi Parul Patro dunyoga keltirgan chaqaloq keksa chollar kabi tashqi ko‘rinishga ega. Shifokorlarning ta'kidlashicha, bu bola boshqalarga qaraganda vaqt o‘tishidan 8 marta tezroq ta'sirlanadi.
Shunday bo‘lsa-da, chaqaloqning onasi oilaning boshqa a'zolari kabi xursandligini bildirgan. Bisvajit esa, ikkinchi farzandi o‘ziga o‘xshagani xususida berilgan savolga ham fikr bildirgan.
“Bizning birinchi farzandimiz - Aparna onasiga o‘xshagan. Ammo, bu bolam menga tortdi. Men baxtiyorman”, - deya uning so‘zlarini keltiradi India Today nashri.
Lekin, masalaning tibbiy tomoni ham bor. Ma'lumotlarga ko‘ra, projyeriya xastaligidan aziyat chekuvchi bolalar aksariyat hollarda yoshligidayoq vafot etishadi.
“Bola otasi kabi keksa ko‘rinadi. Shunga ko‘ra, chaqaloq uzoq umr ko‘rishidan umidvorman”, - degan chaqaloqning tog‘asi.
Shifokorlar o‘z navbatida bola va onasining ahvoli yaxshi ekanini aytishmoqda.
Mavzuga oid
13:18 / 01.12.2025
O‘zbekiston Bangladesh kompaniyalari uchun tranzit va ishlab chiqarish habi bo‘lishi mumkin
09:43 / 27.11.2025
Bangladeshda O‘zbekistonning yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
16:11 / 17.11.2025
Bangladesh sudi sobiq bosh vazir Shayx Hasinani sirtdan qatlga hukm qildi
10:23 / 07.11.2025