Bangladeş sudi mamlakatning sobiq boş vaziri Şayx Hasinani 2024 yilgi norozilik namoyişlarini tarqatiş çoğida insoniyatga qarşi jinoyatlar sodir etilişida aybdor deb topdi. Hukumatning sobiq rahbari ölim jazosiga hukm qilingan, biroq u öşa voqealar çoğida Hindistonga qoçib ketgandi va Bangladeş huquq-tartibot idoralari tomonidan qölga olinmagan.

78 yoşli Hasina bilan birga uning hukumatidagi yana ikki amaldor aybdor deb topildi: sobiq içki işlar vaziri Asaduzzamon Xon Kamol hamda politsiyaning sobiq boşliği Çaudhuri Abdulloh al-Ma’mun.

Sud zalida ulardan faqat ikkinçisi iştirok etdi: u öz aybiga iqror bölgan va sud jarayonida ayblovçi tomon guvohi sifatida körsatma berdi.

Namoyişlarga nima sabab bölgan va voqealar rivoji qanday keçgandi?

Bangladeşdagi ommaviy norozilik namoyişlari 2024 yil iyul oyida boşlangan va tez orada huquq-tartibot idoralari bilan qonli töqnaşuvlarga aylanib, yuzlab odamlar, jumladan, bolalar halok bölgandi.

Namoyişlar şafqatsizlarça bostirilgani aks etgan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan va mamlakat aholisida norozilik uyğotgandi.

Bangladeşdagi namoyişlarni talabalar boşlagan: ular davlat sektoridagi iş örinlarining uçdan bir qismi 1971 yilgi Pokiston mustaqillik uruşi faxriylarining qarindoşlari uçun ajratilgan tizimni özgartirişni talab qilib çiqişgandi.

Namoyişlar şafqatsiz töqnaşuvlarga aylanib ketgan va yuzlab namoyişçilar halok bölgandi.

Şayx Hasina hukumati 2018 yilda uşbu kvotalarni bekor qilgandi, 2024 yil iyun oyida esa quyi instansiya sudi ularni tikladi. Talabalar mavjud tartibni diskriminatsiya deb ataşdi va işga qabul qiliş har bir nomzodning malakasiga qarab amalga oşirilişini talab qilişdi.

Politsiya bilan töqnaşuv fonida Bangladeş hukumati butun mamlakat böylab kuçaytirilgan tahdid rejimini joriy qildi. Deyarli hamma joyda internet uzildi, ayrim hududlarda telefon liniyalari işlamadi. Poytaxtda komendantlik soati joriy etildi. Rasmiylar namoyişçilarni BTV davlat telekompaniyasi binosiga öt qöyişda aybladi. Politsiya namoyişçilarga qarşi közdan yoş oqizuvçi gaz va rezina öqlar qölladi.

Bir neça kun ötgaç, Bangladeş Oliy sudi davlat sektoridagi iş örinlarining aksariyat kvotalarini bekor qilib, faxriylarga atigi 5 foiz örin qoldirdi, davlat sektoridagi iş örinlarining 93 foizi esa odamlarning kasbiy layoqatiga qarab taqsimlanadigan böldi.