Tantanali marosimdan söng bölib ötgan suhbat çoğida Özbekiston va Bangladeş örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi munosabatlarning bugungi holati hamda ularni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Muhammad Şahobuddin Özbekistonni Bangladeşning Markaziy Osiyodagi asosiy mintaqaviy şerigi va işonçli dösti deb atadi. U sönggi yillarda prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida hayotning barça jabhalarida amalga oşirilayotgan jadal islohotlar va taşabbuslar tufayli mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori yuksalib borayotganini alohida ta’kidladi.

Uçraşuvda Bangladeş hukumatining mamlakatlar örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişga alohida ahamiyat qaratayotgani qayd etildi. Töqimaçilik, farmatsevtika va çarm sanoati kabi sohalarda şeriklik uçun salmoqli salohiyat mavjudligi ta’kidlandi. Bangladeş tomoni uşbu yönalişlarda tajriba almaşiş va yangi loyihalarni birgalikda amalga oşirişga tayyorligini bildirdi.

Muloqot çoğida madaniy-gumanitar sohada, jumladan, turizm va oliy ta’lim yönalişlaridagi şeriklikni rivojlantiriş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Özbekiston va Bangladeş örtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 15 oktyabrda örnatilgan. Özbekistonning yangi elçisi Sardor Rustamboyev 2024 yil yanvar oyida Dehliga kelgan bölib, ungaça mamlakatning Fransiya va Portugaliyadagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilgan.