Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yadroga qarshi mamlakatlar ham atom sohasiga murojaat qilishiga to‘g‘ri kelmoqda
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Issiq havo harorati qayta tiklanuvchi elektr energiyasi manbalarini cheklar ekan, hatto yadroga qarshi mamlakatlar hukumatlari ham atom sohasiga murojaat qilmoqda. Forbes sharhlovchisi Maykl Shellenberg anomal issiq havo harorati tufayli odamlar tobora ko‘proq konditsionerlarni yoqayotganini va bu butun dunyo bo‘ylab elektr energiyasiga bo‘lgan talabning oshishiga olib kelganini ta'kidlamoqda. Shu bois hatto o‘zining antiyadroviy pozitsiyasi bilan tanilgan hukumatlar o‘sib borayotgan talabni qondirish maqsadida atom elektrostansiyalari tarmog‘ini qaytarmoqda.
Bir hafta ilgari Janubiy Koreya hukumati amaldagi AES bloklari sonining 14 dan 19 tagacha oshirish va joriy yoz mavsumida texnik xizmatlar uchun yopilgan yana ikki blok faoliyatini yo‘lga qo‘yish haqida e'lon qildi.
Germaniya hatto kunduzi ham qolgan atom va ko‘mir elektr stansiyalariga umid qilishiga to‘g‘ri kelmoqda, zero quyosh panellari maksimal quvvatda ishlaydi, shamol esa deyarli yo‘q.
Tayvan, o‘z navbatida, iyun oyida elektr energiyasiga bo‘lgan talabni qondirish uchun atom energoblokini qayta ishga tushirdi.
Yaponiya hukumati "Fukusima" fojiasidan keyin yopilgan energobloklarni qayta ishga tushirish jarayonini tezlashtirdi.
Mazkur tendensiya qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularni saqlashga doir texnologiyalarning chegaralanganini yaqqol namoyish etadi.
Mavzuga oid
10:00 / 29.03.2026
Lixachyov aytgan trillionlar va budjet gardanidagi futbol - hafta dayjesti
17:20 / 28.03.2026
AESda vodorodli portlashdan himoya qoidalari tasdiqlandi
20:56 / 25.03.2026
O‘zbekistonda kichik AES qurilishi Rossiya kompaniyalarini 2 trillion rublgacha buyurtmalar bilan ta’minlaydi – Lixachyov
17:34 / 24.03.2026