Mazkur hujjat– Özbekistonda birinçi AES qurilişi munosabati bilan qabul qilinayotgan köplab normativ-huquqiy hujjatlardan navbatdagisi.

Hujjat qabul qilişdan oldin Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya qömitasi, Quriliş vazirligi, Atom energiyasi agentligi va Fanlar akademiyasi bilan kelişilgan.

Unda belgilanişiça, AESni ekspluatatsiya qiluvçi taşkilot Vazirlar Mahkamasi tomonidan taşkil etiladi hamda yadroviy qurilma va (yoki) saqlaş punkti uçun mas’ul etib tayinlanadi.

Ekspluatatsiya qiluvçi taşkilot yadroviy qurilmani va (yoki) saqlaş punktini öz kuçlari bilan yoki boşqa yuridik şaxslarni jalb etgan holda ekspluatatsiya qilişi mumkin.

Ekspluatatsiya qiluvçi taşkilot AESda quyidagi holatlarning yuzaga kelişiga yöl qöymasligi kerak:

  • normal ekspluatatsiya vaqtida germetik tösiq bilan çegaralangan hajmdagi tizimlar, elementlar va xonalarda vodorod saqlovçi portlovçi aralaşmalarning hosil bölişi;
  • loyihaviy avariyalarda germetik tösiq bilan çegaralangan hajmdagi xonalarda vodorod saqlovçi aralaşmalarning detonatsiyasi va deflagratsiyasi;
  • loyihadan taşqari avariyalarda vodorod saqlovçi aralaşmalarning detonatsiyasi.

Hujjatga köra, AESdagi avariyalar ikki turga ajratiladi:

  • loyihaviy avariyalar — atom elektr stansiyasi loyihasida közda tutilgan boşlanğiç hodisalar natijasida sodir böladigan hamda ularning oqibatlarini çeklaş uçun xavfsizlik tizimlari nazarda tutilgan avariyalar;
  • loyihadan taşqari avariyalar — atom elektr stansiyasi loyihasida közda tutilmagan sabablar yoki hodisalar ketma-ketligi natijasida yuzaga keladigan avariyalar.

Loyihadan taşqari avariyalarda deflagratsiyaga* faqat AES loyihasida belgilangan xavfsizlikni ta’minlovçi tizimlar öz funksiyalarini töliq bajarişi şarti bilan yöl qöyiladi.

*Deflagratsiya – portlaş bölib, u çeklangan hajmda vodorod saqlovçi aralaşmada reaksiya frontining tovuş tezligidan past tezlikda tarqalişi natijasida örtaça bosim hamda issiqlik yuklamalari yuzaga kelişi bilan tavsiflanadi.

Ma’lumot uçun, AES normal işlayotganda vodorod deyarli muammo emas. Lekin avariya holatida reaktor juda qizib ketadi, yoqilği qoplamasi (sirkoniy) buğ bilan reaksiyaga kirişadi, natijada vodorod ajralib çiqadi. Vodorod juda yengil, tez töplanadi, havodagi kislorod bilan aralaşsa, kiçik uçqun ham portlaşni keltirib çiqaradi.