Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazm va Surxondaryoda elektr stansiyalar quriladi
Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida elektr stansiyalar quriladi. Bu Prezidentning 24.07.2021 yildagi PQ-5193-son qarori (1), PQ-5195-son qarorida (2) nazarda tutilgan.
Hujjatga (1) asosan, "Stone City Energy" kompaniyasi (Niderlandiya) kompaniyasi 1,2 mlrd dollarga teng bo‘lgan Surxondaryo viloyatida quvvati 1 500-1 600 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini 25 yil davomida qurish investitsiya loyihasini amalga oshiradi.
Loyihani amalga oshirish maqsadida "SCE Quvvat" MChJ (loyiha kompaniyasi) tashkil etilgan. Qurilish davridagi o‘z majburiyatlari lozim darajada bajarilishining ta'minoti sifatida u 30 mln dollar miqdorida bank kafolatini taqdim etadi.
Hujjatga (2) asosan, "Hidro Enerji Elektrik Uretim Sanayi A.Ş." (Turkiya Respublikasi) kompaniyasi Xorazm viloyatida 25 yil davomida quvvati 174 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasini amalga oshiradi. Loyihani amalga oshirish maqsadida "Odaş Enerji SA" MChJ (loyiha kompaniyasi) tashkil etilgan. Qurilish davridagi o‘z majburiyatlari lozim darajada bajarilishining ta'minoti sifatida u 1,3 mln dollar miqdorida bank kafolatini taqdim etadi.
Hujjatlar bilan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va loyiha kompaniyalari o‘rtasida investitsiya loyihalari doirasida Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim ham ma'qullangan, ularga muvofiq:
- loyiha kompaniyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ timsolida yagona xaridorga sotish majburiyatini olgan;
- "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini oladi va elektr energiyasi uchun to‘lovni milliy valutada amalga oshiradi;
- "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ elektr energiyasini 3 oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining ta'minoti sifatida loyiha kompaniyalari foydasiga chet el valutasida imtiyozli, qoplanmaydigan sharsiz bank kafolati taqdim etadi.
Mavzuga oid
11:00 / 02.04.2026
Xorazmda yangi ilmiy markaz: Ma’mun universiteti innovatsiya va ta’limni birlashtirmoqda
10:09 / 31.03.2026
Surxondaryoda pensionerlar ishtirokidagi narkoguruh fosh etildi
08:33 / 30.03.2026
Narkosavdo va noqonuniy dorilarga qarshi tezkor operatsiyalar o‘tkazildi
08:31 / 30.03.2026