Xorazm viloyatida joylaşgan Ma’mun universiteti sönggi yillarda nafaqat ta’lim, balki ilm-fan va innovatsiyalar sohasida ham faol rivojlanib bormoqda. Yaqinda universitet huzurida yangi Ilmiy-tadqiqotlar va innovatsion rivojlaniş markazining zamonaviy binosi foydalanişga topşirildi.

Tantanali oçiliş marosimida iştirok etgan mutaxassislar mamlakatda ilm-fan va innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş davlat siyosatida ustuvor yönalişlardan biri ekanini ta’kidladilar.

Yangi markaz tarkibida iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, axborot texnologiyalari, tarix, tibbiyot va psixologiya kabi yönalişlarda zamonaviy laboratoriyalar taşkil etilgan. Bu laboratoriyalar talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyğunlaştiriş, şuningdek yoş tadqiqotçilarni ilmiy faoliyatga jalb etişga xizmat qiladi.

Mutaxassislar fikriça, markaz nafaqat ta’lim sifatini oşiriş, balki ilm-fan va işlab çiqariş örtasidagi hamkorlikni kuçaytirişda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xorijiy ekspertlar ham universitetda yaratilgan şaroitlarni yuqori baholamoqda. Jumladan, rossiyalik professor Vladimir Kazlov bu yerda körgan ilmiy muhit va laboratoriyalar zamonaviy texnikalar bilan jihozlanganini ta’kidlab, bunday imkoniyatlar dunyoda kam uçraşini qayd etgan.

Ma’mun universiteti 2019 yilda davlat röyxatidan ötgan bölib, 2021 yildan rasmiy faoliyatini boşlagan. Universitet infratuzilmasiga 20 million AQŞ dollari miqdorida investitsiya kiritilgan. Hozirgi kunda universitetda 12 500 nafardan ortiq talabalar tahsil olmoqda va ularga 248 nafar professor-öqituvçi ta’lim bermoqda. Ilmiy salohiyat darajasi 68,8 foizni taşkil etib, bu oliygohning ilmiy yönalişdagi ösişini körsatadi.

Oliy ta’lim muassasasida 5 ta fakultet va 12 ta kafedra faoliyat yuritadi. Ta’lim özbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Şuningdek, talabalar uçun zamonaviy öquv binolari, elektron kutubxona, sport infratuzilmasi va talabalar turar joylari yaratilgan. Ilmiy faoliyat körsatkiçlari ham e’tiborga loyiq: universitetda 48 ta darslik, 45 ta monografiya va 84 ta öquv qöllanma naşr etilgan. 800 dan ortiq ilmiy maqolalar esa xalqaro va respublika jurnallarida çop etilgan bölib, ularning bir qismi Scopus va Web of Science bazalariga kiritilgan.