Xorazm viloyatining Urganç şahrida 1983 yilda tuğilgan şaxs uşlanib, uning yonidan 5 gramm “opiy” moddasi topildi. Şuningdek, u ijaraga olgan xonadondan 887 gramm “opiy” va 71 gramm “geroin” giyohvandlik vositalari aşyoviy dalil sifatida olindi. Mazkur şaxs uşbu moddalarni qöşni davlatdan olib kelib, keyinçalik sotiş orqali daromad topişni rejalaştirgan.
Farğona viloyatida kuzatilgan holatda esa 1991 yilda tuğilgan fuqaroning yaşaş xonadonidan muqaddam Qirğizistondan aylanma yöllar orqali olib kelingan, umumiy bahosi 140 million sömlik 2800 dona “Regapen” kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari aniqlanib, musodara qilindi.

Şu kabi holat Toşkent viloyatida ham qayd etildi. Toşkent tumanida yaşovçi 1996 yilda tuğilgan şaxs va uning 1994 yilda tuğilgan, Qozoğiston fuqarosi bölgan şerigi oldindan kelişgan holda, kontrabanda yöli bilan olib kelingan 300 ml “Tropikamid” dori vositasini xaridorga 300 AQŞ dollari va 600 ming sömga sotayotgan vaqtda uşlandi.
Ularning yonidan bir neça dona “Pregabalin” kapsulalari hamda “Tropikamid” suyuqligi bölgan flakonlar aşyoviy dalil sifatida olindi. Noqonuniy faoliyat bilan şuğullangan şaxslar kuçli ta’sir qiluvçi moddalarni turli nomdagi dori vositalari idişlariga joylaştirgan holda mamlakatga olib kirgan.

Hozirda uşbu holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fuqarolardan şubhali holatlarga duç kelganda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga murojaat qiliş söraldi. Murojaat qiluvçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.












