Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya va BAAda ham Ramazon hayiti 20 martga to‘g‘ri kelmoqda
Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarida chorshanba kuni Shavvol oyining hiloli ko‘rinmadi. Shu bois, 19 mart kuni Ramazonning so‘nggi kuni, 20 mart esa Ramazon hayitining ilk kuni sifatda belgilandi.
Foto: Getty Images
Saudiya Arabistoni rasmiylari chorshanba kuni Shavvol oyining hiloli ko‘rinmaganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Saudiya Arabistonida Iyd al-Fitr – Ramazon hayiti 20 martga to‘g‘ri kelishi e’lon qilindi.
Bu qirollikda payshanba kuni – Ramazonning 30-kuni yakunlanishini anglatadi.
Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari Prezident devoni ham payshanba kuni muqaddas Ramazon oyining yakuni haqida fatvo chiqardi.
Xususan, BAA Fatvo kengashi huzuridagi oyni kuzatish qo‘mitasi mamlakat bo‘ylab olingan hisobotlar hamda oyni kuzatish natijalari ko‘rib chiqilgach, bugun oqshom Shavvol yarim oyi ko‘rinmaganini ma’lum qildi.
Shunga ko‘ra, 2026 yil 19 mart, payshanba kuni Ramazonning so‘nggi kuni, 2026 yil 20 mart, juma kuni esa BAAda Ramazon hayitining birinchi kuni bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Musulmonlar idorasining axboroti asosida O‘zbekistonda ham 20 mart – Ramazon hayitining birinchi kuni sifatida belgilangan edi.
Aslida, diniy bayramlarning aniq sanasi oy ko‘rinishiga qarab 1 kunga farq qilishi tabiiy hol. Bu holat joriy yil Ramazon oyining boshlanishida ham kuzatildi.
Xususan, Saudiya Arabistoni oy kuzatish qo‘mitasi va unga ergashgan bir necha mamlakatlar joriy yil 18 fevraldan Ramazon oyini kutib oldi. Boshqa ko‘plab musulmon mamlakatlari, jumladan Markaziy Osiyo davlatlari esa Ramazonni 19 fevraldan boshlagan edi.
Shu sababli Saudiya va BAA ramazon ro‘zasi 30 kunlik bo‘ldi. Turkiya davlatlar, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropaning aksar musulmon diyorlarida esa Ramazon ro‘zasi 29 kundan iborat bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
11:08 / 02.04.2026
Arablar Trampga Eron urushi uchun pul beradimi?
11:55 / 30.03.2026
Saudiyada AQShning razvedkachi samolyoti yo‘q qilindi
20:20 / 29.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni valiahdi bilan telefon orqali muloqot qildi
11:41 / 29.03.2026