Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA Ho‘rmuz bo‘g‘oziga muqobil suv koridori konseptini taqdim etdi
Dubaydagi Znera arxitektura byurosi Birlashgan Arab Amirliklari uchun Ho‘rmuz bo‘g‘ozini aylanib o‘tish imkonini beruvchi yangi “strategik suv koridori” konseptini taklif qildi.
Mualliflar g‘oyasiga ko‘ra, “Ittifoq bo‘g‘ozi” deb nomlangan mazkur dengiz yo‘li o‘ziga xos “milliy tayanch” vazifasini bajarishi mumkin. U savdo barqarorligini ta’minlash, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va butun yo‘nalish bo‘ylab yangi shahar hududlarini rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin.
Znera xodimlari bu haqda shunday dedi: “Tobora murakkablashib borayotgan global voqelik sharoitida masala endi faqat o‘sishda emas, balki nazorat, izchillik va uzoq muddatli pozitsiyalashuvda hamdir. Biz, Znera jamoasi, dizayn bunday darajada ham muhim rol o‘ynay oladi, deb ishonamiz — u nafaqat shaharlar, balki butun boshli davlatlarning strategik kelajagini shakllantirishda ham ishtirok etishi mumkin”.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi Ummon va Eron o‘rtasida joylashgan bo‘lib, Fors ko‘rfazini Ummon ko‘rfazi va Arab dengizi bilan bog‘laydi. Uning chuqurligi va kengligi hatto eng yirik neft tankerlarining ham o‘tishiga imkon beradi.

2025 yilning birinchi yarmida ushbu bo‘g‘oz orqali kuniga taxminan 20,9 million barrel neft tashilgan. Bu jahon neft iste’molining qariyb beshdan bir qismiga teng. Biroq Yaqin Sharqdagi harbiy mojarolarning so‘nggi keskinlashuvi fonida ko‘plab davlatlar muqobil yo‘llar haqida bosh qotira boshladi.
Mavzuga oid
08:17
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida harbiy taranglik yana avj oldi
21:04 / 01.06.2026
Nima oldin tugaydi – neft yoki urush? Eron Trampni tinchlikka qanday majburlamoqda?
08:24 / 01.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi: AQSh 70 ta kemaga yo‘l ochib bergan
14:06 / 25.05.2026