Jahon | 22:54 / 26.04.2026
5500
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil BAAda «Temir gumbaz» tizimi va o‘z harbiylarini joylashtirgan – OAV

Ushbu qarorni BAA prezidenti Muhammad bin Zayd Ol Nohayyon bilan telefon orqali muloqot qilgan Binyamin Netanyaxuning shaxsan o‘zi qabul qilgan. Qayd etilishicha, BAA Isroil «Temir gumbaz» batareyasini jo‘natgan ilk xorijiy davlatga aylangan.

Foto: Alex Wong/Getty Images

Isroil Birlashgan Arab Amirliklariga o‘zining «Temir gumbaz» havo hujumidan mudofaa tizimini hamda uni boshqarish uchun harbiylarini jo‘natgan, deb xabar berdi Axios nashri.

Nashr manblaridan birining so‘zlariga ko‘ra, ushbu qarorni BAA prezidenti Muhammad bin Zayd Ol Nohayyon bilan telefon orqali muloqot qilgan Binyamin Netanyaxuning shaxsan o‘zi qabul qilgan. Bu Eron bilan urush boshlanganidan ko‘p vaqt o‘tmay yuz bergan.

Nashrning qayd etishicha, BAA Isroil «Temir gumbaz» batareyasini jo‘natgan ilk xorijiy davlatga aylangan.

«Biz buni hech qachon unutmaymiz. Bu asl do‘stimiz kim ekanligini ko‘rsatgan haqiqiy kashfiyot bo‘ldi», deya amirlik mulozimining so‘zlaridan iqtibos keltirgan nashr.

BAA mudofaa vazirligi axborotiga ko‘ra, AQSh va Isroil Eronga zarba berishni boshlanganidan buyon eronliklar amirlarga qarata 550ga yaqin ballistik va qanotli raketalar hamda 2200dan ortiq dron yo‘llagan.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid