Jahon | 15:22 / 16.04.2017
6161
2 daqiqa o‘qiladi

Yildirim: Referendum natijalari qanday bo‘lishiga qaramay, bu xalqimizning tanlovi bo‘ladi 

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim konstitutsiyaga tuzatish kiritishga doir referendumda ovoz berdi va ovoz berishning har qanday natijasini qabul qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqida u o‘z ovozini bergan Izmir shahrida ma'lum qildi.

"Bugun Turkiyaning barcha burchaklarida fuqarolar xotirjam ovoz berishmoqda. Kechqurun ovozlar hisoblanadi va birinchi natijalar ma'lum qilinadi. Natijalar qanday bo‘lishiga qaramay, bu xalqimizning tanlovi bo‘ladi - uning eng yaxshi qarori mamlakat uchun muvaffaqiyatlidir", - dedi u. Yildirim mamlakat oliy rahbariyatining a'zolari orasida birinchilardan bo‘lib  ovoz berdi. 

Birozdan so‘ng Istanbulda Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an ovoz beradi. Parlament spikeri Ismoil Qahramon va muxolifat partiya raislari Anqaradagi saylov uchastkalarida ovoz berishadi. Turkiya fuqarolari rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan manzillari bo‘yicha ovoz berishadi, shuning uchun hukumat a'zolarining har biri o‘z mintaqasidadir. Kechqurun byulletenlarni hisoblash jarayonini kuzatish uchun Anqaraga yetib borishadi.

Turkiyaning ko‘plab mashhur kishilari ham ovoz berish jarayonida qatnashmoqda. Jumladan, qo‘shichilar Ibrohim Tatlisas va Tarkan o‘z saylov uchastkalarida ovoz berishdi, Tatlisas barchani "o‘z fuqarolik burchini bajarib, ovoz berishda qatnashish"ga chaqirdi. 

Mavzuga oid