Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, firibgarlar harakatidan 268 nafar xorijlik jabrlangan.
Turkiya huquq-tartibot idoralari xorijlik sayyohlardan 1,1 milliard lira (29 million dollar) o‘g‘irlashda gumon qilinayotgan guruh a’zolarini aniqladi. 31 may kuni ushbu ish yuzasidan 20 kishi hibsga olindi. Guruhning taxminiy yetakchisi mahalliy mehmonxona xo‘jayini hisoblanadi, deb yozdi Anadolu.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari gumondorlarni Istanbul, Antaliya, Oydin, Izmir va Mug‘la shaharlarida qo‘lga olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, firibgarlar harakatidan 268 nafar xorijlik jabrlangan.
Kushodasi kurorti Bosh prokuraturasi xorijliklarning hisob raqamlarida shubhali bank operatsiyalari amalga oshirilgani haqida ma’lumot olganidan so‘ng, bundan to‘rt oy oldin tergov boshlagan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi mehmonxonada qolgan sayyohlarning karta ma’lumotlarini boshqa mehmonxonalar va avtomobil ijarasi xizmatlariga bergan. Sayyohlar Turkiyani tark etgach, ularning hisob raqamlaridan pul o‘g‘irlangan.
Shuningdek, guruh a’zolari chet mamlakatlarga borib, turli yo‘llar bilan bank kartasi ma’lumotlarini o‘g‘irlagan.
Firibgarlar tushgan mablag‘ni soxta kompaniyalar orqali naqdlashtirish bilan shug‘ullangan, shuningdek, ba’zan ko‘chmas mulk sotib olishga sarflagan.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026