Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi
Toshkent shahar hokimi "Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga Turkiya elchixonasi qoshidagi maktab binosi qurilishi uchun yer maydoni ajratib berish haqida"gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan Turkiya elchixonasi qoshida maktab binosi qurilishi uchun Toshkent shahar Shayxontohur tumani, "Ko‘hota" MFY hududida joylashgan aholi punktlari yerlaridan maydoni 0,31 gektarli yer uchastkasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga doimiy foydalanishga ajratib beriladi.
Arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini tuzib chiqish hamda ajratilgan yer maydonini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘rnatilgan tartibda Davlat xizmatlari markazi orqali buyurtma beriladi.
Loyihalash uchun yerosti muhandislik inshootlarining ijro surati tushirilgan 1:500 nisbatdagi topografik xarita va geologik xulosa ishlab chiqish uchun «Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish davlat instituti» davlat unitar korxonasining Toshkent shahar filialiga buyurtma beriladi.
Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash uchun loyihalash tashkiloti bilan o‘rnatilgan tartibda shartnoma tuziladi hamda loyiha-smeta hujjatlari mutasaddi tashkilotlarga taqdim etiladi.
Mazkur hududda joylashgan muhandislik tarmoqlarini ko‘chirish yoki muhofaza hududini saqlab qolish ishlari o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinadi.
Qurilish ishlari tugaganidan so‘ng, yerosti muhandislik inshootlarining ijro surati tushirilgan 1:500 nisbatdagi topografik xaritasi «Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish davlat instituti» davlat unitar korxonasining Toshkent shahar filialiga topshiriladi.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026