Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyati hokimi elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlar sababini aytdi
Foto: KUN.UZ
KUN.UZ tahririyati Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurib, viloyat hokimi G‘ofur Mirzayev bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Hokim elektr energiyasi ta'minoti bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.
“Gaz bo‘lmaganidan keyin elektr energiyasini ikki barobar hajmda iste'mol qilish boshlanadi. Agarda biz gaz, ko‘mir bilan ta'minlay olmasak, unda hamma yuklama elektr energiyasiga tushadi. Qaysi tumanga borsam, birinchi bo‘lib o‘tgan yili qancha o‘chgani bilan qiziqaman. Bu bo‘yicha muammolarimiz bor. Prezidentimiz bizga juda katta imkoniyat yaratib beryapti. Agarda shu ish amalga oshsa, Sirdaryoda muammo bo‘lmaydi. Birinchi navbatda, Shirinda respublikaning 25 foizini ta'minlaydigan elektrstansiya bor. Hozirda rossiyaliklar bilan birgalikda uning rekonstruksiya ishlari ketmoqda. U yerda 4 ta blok bor, hozirda 2 tasi ta'mirlanmoqda. Shunda ham sifat yaxshilanadi, ham uzilishlar kamayadi.
Ikkinchisi, Sardoba suv omborida Xitoy texnologiyasi asosida kichik gidroelektrstansiya ham quriladi. Hozir lekin muammolar bor, uzilishlar bo‘lyapti. Ko‘p ulanganidan keyin yuklama kuchaymoqda, transformatorlarga og‘irlik tushyapti. Bu bo‘yicha ham ishlayapmiz”, - dedi G‘.Mirzayev.
Mavzuga oid
15:42 / 09.01.2026
“Sen “go‘sht”san, o‘liging ham, tiriging ham bizniki, deyishdi” – Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan sirdaryolik yigit hikoyasi
10:22 / 06.01.2026
Toshkent aeroporti elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatildi
12:19 / 30.12.2025
Sirdaryoda mashina kanalga tushib ketishi oqibatida 4 yigit halok bo‘ldi
09:13 / 27.12.2025