Sirdaryoda Rossiya armiyasiga yollangan yigit jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmida keltirilişiça, Sirdaryo tumanida yaşovçi, 1998 yilda tuğilgan I.A. 2024 yil 27 dekabr kuni işlab pul topiş maqsadida Rossiyaning Krasnoyarsk şahriga borgan. U Yaroslavl şahrida joylaşgan harbiy qism bilan harbiy xizmatni ötaş böyiça 1 yillik şartnoma imzolagan.
I.A.ga motoöqçi bataloni evakuatsiya bölimining katta öqçi harbiy lavozimi, oddiy askar harbiy unvoni berilgan. U “Vassabiy” taxallusi ostida 2025 yil 16 apreldan 2025 yil 10 mayga qadar Dansk viloyati Serebryansk qişloği hududida Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etgan.
I.A. sudda aybiga iqror bölib, uruşga majburan borganini bildirgan. Sudlanuvçi körsatmasiga köra, u Krasnoyarsk şahriga borgaç, yumşoq mebellarga matras işlab çiqariş sexida işlagan va uşbu korxona yotoqxonasida yaşab kelgan.
2025 yil 26 mart kuni Rossiyada böliş muddati tugayotganini aytib, Qozoğistonga ötib-qaytib keliş uçun korxona rahbarlaridan ruxsat olgan. 2025 yil 4 aprel kuni keçda Qozoğistonga ötiş uçun çegara postiga qarab yölga çiqqan. Ammo Krasnoyarsk şahar politsiyasi I.A. va yana 7 nafar Özbekiston fuqarosini uşlab, hujjatlarini tekşirgan. Söngra ular politsiya idorasiga olib ketilgan.
“U yerda bizni 3 kun uşlab turişdi. Keyin huquq-tartibot idorasi xodimi kelib, noqonuniy ravişda patensiz işlaganimiz uçun 3 yildan 6 yilgaça qamalişimiz yoki Rossiya hududidan deportatsiya qilinişimiz mumkinligini aytdi. Biz deportatsiyaga rozi böldik.
Oradan çamasi bir soatlar ötib, bizni harbiy yuk maşinasiga mindirib, olib ketişdi. Yuk maşinasida 5 sutka yöl yurib, 2025 yil 14 aprel kuni tungi vaqtda Voronej şahriga yetib bordik. Bizni töğri harbiy qismga olib borişdi.
Harbiy qismda “Belyy” laqabli komandir çiqib, yöqlama qildi. Söng bizga yotoqxona, oşxona va kiyiniş xonalarini körsatdi, harbiy kiyim va kaskani qanday qilib kiyiş töğrisida tuşunçalar berdi. Men komandirdan “biz deportatsiya qilingan bölsak, nima qilamiz bu formalarni?” deya söradim. U esa “sen uruşga kelding, deportatsiya qilinmaysan”, deb javob berdi. Unga Rossiya fuqarosi emasligimni, mazkur uruşda qatnaşişga majburmasligimni aytdim. Şundan keyin “Belyy” va boşqa harbiylar menga nisbatan kuç işlatib, çap qölimning bilak qismini olov bilan kuydirişdi hamda jangda iştirok etiş böyiça şartnomaga imzo qöyganimni aytişdi. Men esa heç qanday şartnomaga imzo qöymaganimni bildirdim. Komandir meni bu uruşdan heç kim qutqara olmasligini, öligim ham, tirigim ham uniki ekanini, men “göşt”ligimni aytib, ruhiy tazyiq ötkazdi”, degan I.A. suddagi körsatmasida.
Qilingan tazyiq va bosimlardan söng I.A. harbiy kiyim va kaskani kiyişga rozi bölgan. Ikki kundan söng ularni guruhga ajratib, öz xohişi bilan kelganlarni Rostov şahriga, boşqalarni, jumladan, I.A.ni ham Ukrainaning Dansk viloyati Serebryansk qişloğiga jönatişgan. Bu yerda ularga jangovar qurollar bilan işlaş, granatalar otiş, harbiy dronlarni körganda ularga öq uziş, qöli yoki kaskasida kök, sariq rangi bölgan şaxslarni körgan vaqtida darhol öt oçişni örgatişgan.
“Menga “Vassabiy” taxallusini berib, şaxsiy raqam biriktirişdi. Frontda Tojikiston fuqarosi bölgan “Bulat” laqabli şaxs bilan tanişdim. Undan jang maydonidan qanday qilib qoçişim mumkinligini söradim. “Bulat” qoçişning imkoni yöqligini, ölişi yoki jarohat olib, evakuatsiya bilan vaqtinçalik qutulib qolişim mumkinligini aytdi.
Men va 39 nafar askarga jang tugallangan joyga borib, “yaşil hudud” taşkil qiliş hamda uruşda halok bölganlarning jasadlarini yiğiş topşirildi. “Kamçatka” laqabli general menga uruşda qatnaşganlarning röyxatini berib, ular orasidan qurbon bölgan özbeklar musulmon odatlariga köra dafn etilişi mumkinligini aytdi. Qurbonlarning jasadlarini yiğayotgan vaqtimda Ukraina tomondan hujum böldi. Şunda menga berilgan granatani yerga taşlab, özimga jarohat yetkazdim. Şu orada Ukraina tomondan otilgan dronlarning snaryadi mendan taxminan 2 metr uzoqlikda portladi. Oqibatda çap oyoğimning son qismidan va belimdan jarohat oldim”, degan yigit.
Şundan söng I.A.ni avvaliga Boşqirdistonga, söngra Belgrad şahriga olib borişgan. U yerda oyoğini operatsiya qila olişmagaç, Moskva şahridagi harbiy gospitalga olib borib, jarrohlik amaliyoti ötkazişgan. Keyin esa muntazam davolaniş maqsadida Ryazan şahridagi harbiy şifoxonaga jönatişgan. Bu yerda taxminan 2 oy davolanib, öşa yerdagi şifokorlardan unga ta’til guvohnomasini rasmiylaştirib berişlarini söragan. Ular orqali öziga vaqtinçalik yaroqsizligi töğrisida hujjat rasmiylaştirib, Nijniy Novogorod şahridagi harbiy qismdan öziga ta’til guvohnomasi rasmiylaştirgan. Söngra u yerdan Moskva şahriga borib, vatanga qaytiş sertifikati orqali 2025 yil 18 iyul kuni Özbekistonga qaytib kelgan.
I.A. 2025 yil 20 avgustda DXX va IIB tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Sirdaryo tumani hududida gumonlanib töxtatilgan. Uning telefoni közdan keçirilganida, Rossiya Qurolli kuçlari harbiy dala kiyimida, jangovar qurollar va jangovar texnikalar yonida, harbiy harakatlarda iştirok etgani, lavozimi, taxallusi va şaxsiy raqami, harbiy harakatlar natijasida olgan tan jarohatlarini körsatuvçi foto va videotasvirlar hamda “Ta’til guvohnomasi” va “harbiy jyeton” mavjudligi aniqlangan.
JIB Guliston şahar sudining 2025 yil 17 dekabrdagi hukmi bilan I.A. Jinoyat kodeksining 154-moddasi (yollaniş) 1-qismi hamda 154−1-moddasi 1-qismida (çet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki şunga öxşaş boşqa organlariga xizmatga kiriş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 4 yil muddatga işlaş vaqtidan, şuningdek, iş joyigaça borişi va uy-joyiga qaytib kelişi uçun zarur bölgan vaqtdan taşqari qolgan vaqtda yaşaş joyidan çiqişi çeklangan holda ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.
Avvalroq Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etgan, gospitalga boriş uçun qölida granata portlatgan andijonlik erkak 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.












