Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bozor xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan — 349,9 trln so‘m. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati (67,6 trln so‘m), Farg‘ona viloyati (61,9 trln so‘m) va Toshkent viloyati (61,8 trln so‘m) qayd etilgan.

O‘rta ko‘rsatkichli hududlar orasida Namangan viloyati (47,2 trln so‘m), Andijon viloyati (46,9 trln so‘m) hamda Qashqadaryo viloyati (46,7 trln so‘m) alohida tilga olingan.

Qolgan hududlarda esa bozor xizmatlari hajmi quyidagicha shakllangan: Buxoro viloyati — 37,2 trln so‘m, Xorazm viloyati — 31,8 trln so‘m, Surxondaryo viloyati — 30,8 trln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 30,5 trln so‘m, Navoiy viloyati — 22,6 trln so‘m, Jizzax viloyati — 21,4 trln so‘m.

Ma’lumot uchun, taqdim etilgan raqamlar 2025 yil yanvar–noyabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari natijalari asosida shakllantirilgan.