O‘zbekiston | 16:48 / 04.11.2018
20354
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda issiq suv va issiqlik ta'minoti narxlari ham oshiriladi

O‘zbekistonda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari ham oshiriladi. Bu haqda hukumatning 1 noyabrdagi «Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida»gi qarorida keltirilgan.

«Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018 yil 16 noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi tariflarini aholi uchun ko‘pi bilan 10 foizgacha oshirish va boshqa iste'molchilar uchun tannarxdan kelib chiqqan holda o‘rnatsin», — deyiladi hujjatda.

Oxirgi marta issiq suv va isitish tariflari shu yilning mayida oshgandi. Unga ko‘ra, Toshkent aholisi, hisoblagich bo‘lgan holatda issiq suvning bir kubometri uchun 10,6 foizga o‘sib, 3915,9 so‘mdan 4332 so‘mga yetgandi. Hisoblagich mavjud bo‘lmaganda oyiga kishi boshiga 16 917,49 so‘m to‘lanadi.

Markazlashgan isitish tarifi isitiladigan maydonning har bir kvadrat metri 1423,86 so‘mdan 1464,53 so‘mga oshirilgandi.

Mavzuga oid