Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toşkentdagi issiq suvning rangi özgargani, zangli suv kelayotgani haqida şikoyatlar tarqaldi. Veolia Energy Tashkent izohiga köra, bu – isitiş mavsumiga tayyorgarlik doirasidagi vaqtinçalik holat.

Kompaniyaning tuşuntirişiça, issiqlik tizimi işlamaydigan oraliq mavsumlarda poytaxt tarmoqlari yozgi rejimda faoliyat yuritadi. Bu paytda issiq suv ikki asosiy quvurdan faqat bittasi orqali beriladi, ikkinçi liniyada esa rejalaştirilgan ta’mirlaş işlari olib boriladi.

Quvurlar işlatilmagan davrda, ayniqsa yuqori haroratda va suyuqlik harakati çeklanganida, metall quvurlarning içki devori yupqa zang qatlami hosil böladi.

“Bu hodisa vaqtinçalik bölib, tizim parametrlari barqarorlaşganidan söng qisqa muddat içida yöqoladi”, – deyiladi izohda.

Ma’lum qilinişiça, tekşiruvlar jarayonida Veolia Energy Tashkent mutaxassislari ayrim uy-joylarda issiq suv qaytiş quvur orqali uzatilganini aniqlagan. Yozda bu quvur suv aylanişida qatnaşmaydi. Bunday ulaniş issiq suv haroratining pasayişiga, suvning quvurlarda turğun holatga kelişiga va zang tusining paydo bölişiga olib keladi.

Bunday holatda uy-joylarni boşqaruvçi kompaniyalar bilan birgalikda issiqlik böğinlaridagi sxemalarni töğrilaş va issiq suv tiniqlaşgunça texnologik suv tökiş işlari olib boriladi.

Suv rangi özgarganda, iste’molçilardan iş kunlari Veolia'ning koll-markaziga murojaat qiliş söralmoqda: 1347 yoki (71) 200 00 56.

Dam oliş kunlari esa Veolia Energy Taşkent'ning tuman boşqarmalariga (telefonlar) murojaat qiliş mumkin.

“Barça murojaatlar qayd etiladi, uy-joylar tekşiriladi. Agar suv sifati taşqi tarmoqlar ta’siri bilan özgargani tasdiqlansa, belgilangan tartibda tölovlarni qayta hisoblaş masalasi körib çiqiladi.

Qayta hisob-kitob uçun asos – iste’molçi va kompaniya vakili tomonidan birgalikda tuzilgan dalolatnoma, unda aniqlangan oğişlar va ularning davomiyligi qayd etiladi.

Dalolatnoma imzolangaç, u mahalliy boşqarmaga topşiriladi va şu asosda hisob-kitob qayta amalga oşiriladi”, – deyiladi ta’minotçining rasmiy axborotida.