Veolia Energy Tashkent kompaniyasi issiq suv rangining vaqtinça özgarişi bilan boğliq murojaatlar böyiça issiqlik tarmoqlari va tugunlari holatini tekşiriş işlarini davom ettirmoqda.

Qayd qilinişiça, fuqarolarning şu mazmundagi barça murojaatlari röyxatga olinadi va boşqaruv kompaniyalari, MJTK va bevosita boşqaruv vakillari bilan birgalikda uylar texnik körikdan ötkaziladi.

«Agar issiq suv sifati taşqi tarmoqlardagi nosozliklar bilan boğliq ekani tasdiqlansa, belgilangan tartibda tölovlarni qayta hisoblaş masalasi körib çiqiladi. Qayta hisob-kitob uçun asos bölib, kompaniya vakili va iste’molçi tomonidan birgalikda tuzilgan, aniqlangan oğişlarning xarakteri va davomiyligini qayd etgan dalolatnomalar xizmat qiladi. Uşbu dalolatnomalar imzolangaç, ular tuman bölimiga topşiriladi va şu asosda hisob-kitoblar belgilangan tartibda qayta körib çiqiladi», deyiladi xabarda.

Poytaxtning qator tumanlarida issiq suv ta’minotida zangli suv kelişi avval ham aniqlangan edi. Veolia buni isitiş mavsumiga tayyorgarlik bilan izohlab, murojaat qilgan iste’molçilar bilan dalolatnoma asosida qayta hisob-kitob etilişini ma’lum qildi.