Toşkent şahriga markazlaşgan issiqlik ta’minoti xizmati körsatuvçi Veolia Energy Taşkent kompaniyasi issiq suv va issiqlik ta’minotining yangi tariflarini e’lon qildi.
12 noyabrdan boşlab issiqlik va issiq suv xizmatlari uçun quyidagi tariflar joriy etiladi:
- Markaziy isitiş — 1 m² isitiş maydoni/kun uçun 241,44 söm;
- Issiq suv (hisoblagiçsiz) — 1 odam/oy uçun 52 303,39 söm;
- Issiq suv (umumiy duş bilan jihozlangan yotoqxonalarda) — 1 odam/oy uçun 38 908,16 söm;
- Issiq suv (hisoblagiç bölganda) — 1 m³ uçun 8 928,67 söm.

Avvalroq, Toşkent şahar hokimining qarori bilan Veolia Energy Taşkent tomonidan körsatiladigan markazlaşgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uçun 15 foizga oşirilgan yangi tariflar tasdiqlangan edi.











