O‘zbekiston | 10:39 / 03.04.2021
5792
1 daqiqa o‘qiladi

Eron tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Eron tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida ma'lumot berildi.

2021 yilning 5 aprel kuni O‘zbekistonga Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bo‘lajak uchrashuvlar va muzokaralar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Eron aloqalarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha ham fikr almashiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid