Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Oqsaroy oldida Islom Karimov haykali o‘rnatiladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan haftaning juma kuni 3ta shaharda mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimov haykalini o‘rnatish hamda Samarqandda yodgorlik majmuasini qurish bo‘yicha loyihalar bilan tanishdi.
Islom Karimov uzoq yillar faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov xayriya jamoat fondi va uning nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi faoliyat ko‘rsatadi. Qarorgoh qarshisidagi maydonga esa birinchi prezident haykali o‘rnatiladi.
Shavkat Mirziyoyev bu yerda o‘zbekistonliklar va xorijiy mehmonlarda haykal poyiga gullar qo‘yish hamda Islom Karimovning hayoti va faoliyati bilan tanishish imkoniyati bo‘lishi haqida gapirib o‘tdi.
«O‘zbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida namoyish etilgan eskizlarga ko‘ra, haykal oldida O‘zbekiston obidalari maketlari xiyoboni barpo etiladi. Maketlar orasida Samarqanddagi Registon, Shahrisabzdagi Amir Temur maydoni, Toshkentdagi «O‘zbekiston» forumlar saroyi va boshqalar bor.
Mavzuga oid
11:35 / 06.09.2025
Karimov va Rahmon o‘rtasida sovuqchilik. Buning sabablari nima edi?
15:11 / 25.06.2025
“Karimov bankirlarni qo‘rqitish uchun kuch tuzilmalarini chaqirgan edi” - Rustam Ahmedov konvertatsiya yopilganidan keyingi korrupsiya haqida
17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi
23:12 / 20.03.2025