Özbekistonning birinçi mudofaa vaziri, 1991–1997 yillarda Mudofaa vazirligini boşqargan general-polkovnik Rustam Ahmedov Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida 1990-yillarda valuta konvertatsiyasining yopilişi haqidagi savolga javob berdi.

Ahmedovning sözlariga köra, birinçi prezident Islom Karimov bozor iqtisodiyotidan çetga çiqib ketgan.

“Karimovda tartibga solinadigan iqtisodiyot bölişi kerak degan strategiya bor edi. Lekin iqtisodiyotni kuçli bilan nazorat qilib bölmaydi. Bozor munosabatlarimi – demak, hamma narsa qöyib yuborilişi kerak. Lekin u qöyib yubormadi. Şuning uçun ham konvertatsiyani uşlab turdik”, – dedi u.

Iste’fodagi general konvertatsiyaning yopiqligida korrupsiya omili ham bölganini aytdi.

“Korrupsiya elementi ham bor. Esimda, tor doirada yiğiliş bölgandi, Karimov bizni, kuç tuzilmalarini bankirlarni qörqitib qöyiş uçun çaqirgan edi. Prokuratura, MXX [va boşqa kuç tuzilmalari]dan taşqari, moliya vaziri, Markaziy bank, Milliy bank rahbarlari ham bor edi.

Yakunda şunday böldi: har kuni banklarning ayirboşlaş şoxobçalariga odamlarga sotiş uçun valuta berilardi. Pasportingizni berib, valuta ayirboşlaysiz. Lekin ular nima qilişdi? Pulni özlarining odamlariga tarqatişdi. Xalqqa emas, özinikilarga.

Prezident esa, yodimda, Azimovga (1991-1998 yillarda Milliy bank raisi, 1998 yildan moliya vaziri – tahr.), Markaziy bankka jiddiy tanbeh bera boşlagandi: “Nimalar qilyapsizlar? Meni nima qilayotganlaringni körmaydigan kör deb öylayapsizlarmi? Kimlarga konvertatsiya qilib beryapsizlar? Özlaringnikiga, xalqqa emas”.

Şuning uçun ham, xalq norozi edi. Bizda mana şunday paytlar bölgan. Valuta yetişmasligi şu kabi har xil rezonanslarga olib kelgan”, – dedi Rustam Ahmedov.

Ma’lumot uçun, 82 yoşli Rustam Ahmedov 1991 yil 6 sentabrdan 1997 yil 29 sentabrgaça Özbekiston mudofaa vaziri, 1997–2000 yillarda favqulodda vaziyatlar vaziri bölib işlagan.

Avvalroq, 1990-1999 yillarda Özbekiston prezidenti devonida işlagan yozuvçi Murod Muhammad Döst konvertatsiyaning yopilişi birinçi prezident davrida qilingan “eng katta xato” bölganini