Qariyb 20 yil davomida Özbekiston va Tojikiston örtasidagi munosabatlarda çuqur ziddiyat hukm surdi. Ikki davlat çegaralari minalaştirilgan, suv zaxiralaridan foydalaniş böyiça dahanaki tortişuvlar odatiy holga aylangandi. Hatto qarindoşlar darajasidagi bordi-keldi taşriflari ham nihoyatda çeklangandi. Xöş, uzoq vaqt davom etgan özbek va tojik tomonlari örtasidagi ixtilofga sabab nima bölgandi?

2025 yil 12 fevral kuni Özbekiston va Tojikiston örtasida ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi şartnoma ratifikatsiya qilindi. Albatta, bu oxirgi yillarda olib borilgan yaxşi qöşniçilik diplomatiyasining katta yutuğidir. Çunki bir neça ön yillar Duşanbe va rasmiy Toşkent örtasidagi munosabatlarda çuqur ziddiyat hukm surgandi. Ikki davlat çegaralari minalaştirilgan, suv zaxiralaridan foydalaniş böyiça dahanaki tortişuvlar odatiy holga aylangandi. Hatto qarindoşlar darajasidagi bordi-keldi taşriflari ham nihoyatda çeklangandi. Xöş, uzoq vaqt davom etgan özbek va tojik tomonlari örtasidagi ixtilofga sabab nima edi?

Imomali Rahmon hokimiyatga kelişi

Ötgan asrning 90-yillari boşida qöşni Tojikiston ayançli fuqarolar uruşi girdobiga tuşib qoladi. Toğli Qoraboğdan köçirilgan armanlarga Duşanbeda yangi uy-joylar topşirilişi fonida norozilik boşlanib ketadi. Bu davrda mamlakatda non taqçilligi, şuningdek, şahar transporti töxtab qolgani Duşanbe va boşqa şaharlarda isyonkor kayfiyatni kuçaytirib yuborgandi. Şu tariqa, ayrim manbalarda 60 ming, ayrimlarida esa 80 ming inson hayotiga zomin bölgani aytiladigan içki etnik uruş boşlanib ketadi.

Foto: Sergey Jukov/TASS

Özbekiston hukumati qöşni respublikada davom etayotgan fuqarolar uruşida Imomali Rahmon boşçiligidagi xalq frontini qöllab-quvvatlaydi. Çunki konstitutsiyaviy tartib himoya qilinmasa, Tojikistondagi radikallaşgan guruhlar faoliyati Özbekistonga ham yoyilişi borasida xavotirlar bor edi. Yakunda rasmiy Toşkent va Moskvaning yordami hamda aralaşuvi bilan mamlakatda Imomali Rahmon boşçiligidagi hukumat tuziladi va 5 yil davom etgan uruş tugaydi.