Iqtisodiyot | 15:44 / 19.08.2025
4632
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida 2025 yil hisobidan ikkinchi marta issiq suv va issiqlik tariflari oshadi

10 sentabrdan boshlab Toshkent viloyatida issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari aholi uchun 10 foizga, ulgurji iste’molchilar uchun joylashuviga qarab 8 foizdan 95 foizgacha ko‘tariladi. Narxlar bundan oldin joriy yil 1 fevralidan e’tiboran oshgandi.

Foto: Kun.uz

Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi 18 avgust kungi qarori bilan issiq suv va issiqlik ta’minoti bo‘yicha yangi tariflarini tasdiqladi.

Unga ko‘ra, 2025 yil 10 sentabrdan boshlab, aholi uchun tariflar 10 foizga ko‘tariladi.

Ulgurji iste’molchilar uchun esa narxlar Angren shahrida 18 foizga, Olmaliq shahrida 8 foizga, Chirchiq shahrida 23 foizga ko‘tariladi. Viloyat “Issiqlik ta’minoti”ning ulgurji abonentlari uchun esa tariflar 95 foizga oshadi.

2025 yil 10 sentabrdan kuchga kiradigan tariflar:

Toshkent viloyatida issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oxirgi marta 2025 yil 1 fevraldan boshlab oshirilgan edi. O‘shanda aksariyat ta’minotchilarda aholi uchun tariflar 15 foizga, faqat Olmaliq shahrida 9 foizga ko‘tarilgandi.

Ulgurji iste’molchilar tarifi esa Olmaliq shahrida narx deyarli o‘zgarmay (0,2 foizga oshgan) qolgan, viloyatning boshqa joylarida 26 foizdan 317 foizgacha oshgandi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida issiq suv va issiqlik tariflarini 2025 yil 1 oktyabrdan aholi uchun 15 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid