Jahon | 07:33 / 14.12.2022
9158
3 daqiqa o‘qiladi

Nitssadagi terakt ishi bo‘yicha ayblanuvchilar 18 yilga qamaldi

Parijda 2016 yilda 86 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan Nitssadagi teraktda ayblangan sakkiz kishiga sud hukmi chiqarildi. Asosiy ayblanuvchilar terrorchilik tashkilotida qatnashgani uchun 18 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Nitssadagi terakt / Foto: AP

Parijda 13 dekabr, seshanba kuni 2016 yil iyulida Nitssadagi terakt bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi, o‘shanda ushbu hodisa oqibatida yuzlab odamlar jabrlangandi. Sakkiz nafar ayblanuvchi turli muddatlarga qamoq jazosiga hukm qilindi, eng ko‘pi - 18 yil.

Sudga kelganlar hujumni amalga oshirishda u yoki bu tarzda yordam berganlikda aybdor deb topildi. Ikki ayblanuvchi terroristik tashkilotda qatnashgani uchun 18 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud ular jinoyatchiga uning rejalari va radikal qarashlari haqida bilgan holda, yuk mashinasini ijaraga olish va qurol olishga yordam berganini isbotlangan deb hisobladi - bu ularning telefon suhbatlari va yozishmalari stenogrammasidan dalolat beradi.

Yana bir sudlanuvchi haydovchiga to‘pponchani sotganini tan oldi, jinoyatchi o‘sha to‘pponcha bilan mashinada odamlarga kelib urilganidan keyin politsiyaga o‘q uzgan. 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan ayblanuvchi, xaridorning terakt sodir etish rejalari haqida bilmaganini da’vo qildi.

Bundan tashqari, jarayonda besh nafar ayblanuvchi qurol savdosi ishtirokchisi deb topilib, ular ikki yildan sakkiz yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

2016 yil iyul oyida 19 tonnalik yuk mashinasi milliy bayram – Bastiliyani qo‘lga olish kunini nishonlash uchun Nitssa qirg‘og‘ida yig‘ilgan olomonga yuqori tezlikda kelib urildi. Natijada 86 kishi halok bo‘ldi, bir necha yuz kishi jarohat oldi. Mashina boshqarayotgan 31 yoshli Tunis fuqarosi politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, u psixolog qabulida bo‘lgan va hujumni bir necha hafta davomida rejalashtirgan.

Hujum uchun mas’uliyatni IShID guruhi o‘z zimmasiga oldi, biroq tergov u va haydovchi o‘rtasida hech qanday aloqani aniqlamadi, xulosaga ko‘ra, avvalroq oiladagi zo‘ravonlik va mayda jinoyatlar uchun sudlangan erkak IShID ta’sirisiz radikalga aylangan.

Mavzuga oid