Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ish haqi va pensiyalarni inflatsiyadan yuqori miqdorda oshirib borish rejalashtirilyapti
2026–2028 yillar uchun ishlab chiqilgan fiskal strategiyaga ko‘ra, davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar xodimlarining ish haqi, pensiyalar hamda ijtimoiy nafaka miqdorlari inflatsiya darajasidan yuqori sur’atda oshirib boriladi.
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar har yilgi inflatsiya darajasidan yuqori miqdorlarda oshirib boriladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan 2026−2028 yillarga mo‘ljallangan fiskal strategiyada keltirib o‘tilgan.
«Aholi turmush darajasini oshirish, fuqarolarning real daromadlari o‘sishini ta’minlash va ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorlari yillik inflatsiya darajasidan yuqori miqdorlarda oshirib boriladi», deyiladi hujjatda.

2025 yilda Pensiya jamg‘armasiga budjetdan ajratiladigan transfertlar hajmi 20 trln so‘mdan oshishi kutilmoqda. Prognozlarga ko‘ra, 2028 yilga kelib ushbu summa 26 trln so‘mga yetadi. Shu tariqa 2023 yilga nisbatan transfertlar deyarli ikki baravarga oshadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2026 yilda budjet tashkilotlari xodimlari ish haqining 1 foizga oshishi yillik nisbatda 1 trln 675 mlrd so‘m, pensiyalarning 1 foizga oshishi esa 861 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratishni taqozo etadi. Agar ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar soni 10 foizga ko‘paysa, budjet xarajatlari qariyb 1,6 trln so‘mga ortishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili e’lon qilingan 2025−2027 yillarga mo‘ljallangan fiskal strategiyada ijtimoiy to‘lovlarni inflatsiyadan kam bo‘lmagan miqdorda indeksatsiya qilish ko‘zda tutilgandi.
Mavzuga oid
14:25 / 01.01.2026
2025 yilgi inflatsiya: qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi?
17:43 / 31.12.2025
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash muddati uzaytirildi
21:02 / 29.12.2025
Yanvar oyi pensiya to‘lovlari 5 yanvarda bank kartalariga yuklanadi
20:14 / 25.12.2025