«Aholining alohida turdagi iste’mol mahsulotlariga bölgan ehtiyojlarini kafolatli ta’minlaşga hamda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini yanada qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga köra, import qilinadigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan bojxona bojining nol stavkasini qöllaş muddati 2027 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.

Röyxatda qoramol va qöy göşti, baliq, şakar, sariyoğ va sutdan tayyorlangan boşqa moylar va yoğlar, parranda tuxumlari, banan, sitrus mevalari (limondan taşqari), qahva, çoy, hayvon va ösimlik yoğlari va moylari, margarin, xamirturuş, buğdoy uni, yogurt, pişloq va tvoroglar, piyoz, sarimsoqpiyoz, quritilgan xurmo, olma, nok, behi, un, tayyor yoki konservalangan göşt mahsulotlari, murabbo, mevali jyele, marmelad, konservalangan mevalar, yonğoqlar, souslar, mineral va gazlangan suvlar, bolalar kiyimi, poyabzal va boşqa köplab mahsulotlar bor.

Farmon içki iste’mol bozoridagi ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar narxi oşişining oldini oliş, tarif va notarif tartibga soliş vositalarini keng qöllaş hisobiga ularning inflatsiya darajasiga salbiy ta’sirini yumşatiş maqsadida qabul qilingani ta’kidlangan.