O‘zbekiston | 12:59 / 09.11.2021
6095
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyatining yangi hokimi ishni Xatirchi tumanidan boshladi

Foto: Xatirchi tumani hokimligi matbuot xizmati

Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov birinchi ish kunini Xatirchi tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdan boshlagan. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Normat Tursunov Xatirchi tumanida bo‘lib, tuman hokimi va sektor rahbarlari hamrohligida hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan. Viloyat rahbari dastlab tumandagi Avoqli mahallasi aholisi bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha mas'ullarga topshiriq bergan. Shuningdek, u mahalladagi 74-umumiy o‘rta ta'lim maktabida bo‘lib, ta'lim muassasasidagi sharoitlarni ham ko‘zdan kechirgan. 

Foto: Xatirchi tumani hokimligi matbuot xizmati

2016 yilning dekabr oyidan beri Navoiy viloyatiga rahbarlik qilib kelgan Qobul Tursunov sog‘ligi davolanish talab etilgani sababli 2021 yil 8 oktabr kuni o‘z arizasiga muvofiq vazifasidan ozod etilgan hamda uning o‘rniga Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Normat Tursunov tayinlangandi.

Foto: Xatirchi tumani hokimligi matbuot xizmati

Mavzuga oid