Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning cho‘llanishni to‘xtatgan modeli Navoiyda sinab ko‘riladi
Modelda faqat daraxt ekish emas, balki qumni ushlab turuvchi butalar orqali bog‘dorchilik va chorvachilikni bir zanjirga birlashtirish nazarda tutilgan. Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Xitoyda ushbu model bilan tanishib, uni viloyatda qo‘llash bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Ayni vaqtda Xitoyda bo‘lib turgan Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya cho‘llanishga qarshi samarali modellarni o‘rganmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Delegatsiya Xitoyning Ninsya hududidagi qo‘llanib kelayotgan cho‘llanishga qarshi model bilan tanishgan. Ushbu modelni Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida sinab ko‘rish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgan.
Ninsyada 1980 yillardan buyon amalga oshirib kelinayotgan tizimli yondashuv natijasida qumlar chekinib, yerlar tiklangan. Ya’ni hududda faqat daraxt ekish emas, balki qumni ushlab turuvchi butalar, muhofaza yo‘laklari, bog‘dorchilik va chorvachilik bir zanjirga birlashtirilgan. Natijada cho‘l hududlarida o‘simlik qoplami tiklangan. Hududda so‘nggi 20 yilda cho‘llangan yerlar izchil qisqargan.

Ninsyada cho‘llanishga qarshi bir nechta usul qo‘llanadi. Shulardan biri, panjara usuli. Unda qum ustiga 1x1 metrlik somon panjaralar qo‘yiladi. Bu shamolni sekinlashtirib, qum ko‘chishining oldini oladi. So‘ngra ushbu panjaralar ichiga turli o‘simliklar ekiladi. Ushbu usulda shamol eroziyasi 95 foizgacha kamayib, daraxt va butalarning yashab ketuvchanligi sezilarli darajada oshgan.
Qayd etilishicha, Navoiy viloyati va Ninsya cho‘l hududlarining mavjudligi, kuchli shamol kuzatilishi va boshqa jihatlardan bir-biriga o‘xshash. Shu sababli mazkur modelni qo‘llash orqali Navoiyda cho‘llanishni to‘xtatish maqsad qilinmoqda.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
22:35 / 17.05.2026