8 noyabr kuni Navoiy viloyati hokimligi majlislar zalida faollar yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişda Özbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov, Özbekiston boş vazirining birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov, viloyat hokimi örinbosarlari, viloyat, şahar va tumanlar sektorlar rahbarlari, xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengaşi deputatlari, Senat a'zolari, viloyat boşqarma va taşkilotlari rahbarlari iştirok etişdi.
Yiğilişda taşkiliy masala körib çiqildi. Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov prezident farmonlari bilan yiğiliş iştirokçilarini taniştirdi.
Özbekiston Respublikasi prezidentining tegişli farmonlari bilan Qobul Beknazaroviç Tursunov Navoiy viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi, Normat Tölqinoviç Tursunov Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.

Qobul Tursunov Navoiy viloyati rahbarligida 2016 yilning dekabridan buyon işlab kelayotgandi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida qayd etilişiça, sobiq hokimning soğligi davolaniş talab etilgani sababli, u öz arizasiga muvofiq vazifasidan ozod etilgan.
Viloyatning yangi rahbari Normat Tursunov 2018 yil yozidan buyon Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.

U davlat soliq xizmati tizimida faoliyatini 1994 yilda Toşkent şahar Akmal Ikromov (hozirgi Uçtepa) tumani davlat soliq inspeksiyasi inspektori vazifasidan boşlab, keyinçalik turli rahbar lavozimlarida, xususan 2010-2017 yillarda Jizzax viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği örinbosari, birinçi örinbosari, Navoiy viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimlarida işlagan. 2017 yil oktabr oyidan 2018 yil iyuniga qadar Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari vazifasida işlagan.
- Ma'lumot uçun, 2021 yil aprel oyida prezident Şavkat Mirziyoyev videoselektor yiğilişida tadbirkorlarning muammolari hal etilmagani uçun Qobul Tursunovga hayfsan bergan edi.

















