Bepul ovqatlantiriş tizimini yölga qöyişning dastlabki bosqiçlari samarasiz ötmoqda. Qoraqalpoğiston maktablarida bolalarga sifatsiz nonuşta berilgani ma’lum böldi. Keyingi yildan respublikaning barça hududidagi maktablarda yölga qöyiladigan bu tizimning qanday şaklda bölişi hali aniq emas.

Kegeylidagi holat

Qoraqalpoğistonning Kegeyli tumanidagi 4 ta maktabda bolalarga sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari berilayotgani aniqlandi. Jöqorği Kengesning xabar berişiça, öquvçilarga tarqatilayotgan olma mevasi iste’molga yaroqsiz (çirik) bölgan, qadoqlangan mahsulotlar esa zararkunandalar bilan zararlangan.

Qolaversa, mahsulotlar maxsus avtomaşinalarda emas, yölovçi taşuvçi transportlarda yetkazib berilayotgani ma’lum bölgan. Turli maktablarda kundalik oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qiluvçi komissiya tarkibi ham tuzilmagan.

Qayd etilişiça, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, aybdorlarga çora köriş böyiça tegişli tartibda işlar olib borilmoqda.

Holat yuzasidan Kun.uz Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati bilan boğlandi. Vazirlik matbuot kotibi Dilfuza Sobirovaning aytişiça, bu böyiça mas’ullar örganiş işlarini olib borişmoqda. Tez orada rasmiy munosabat bildiriladi.

Öquvçilarga sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari berilayotgani yangilik emas. Xuddi şunga öxşaş holat ötgan yili dekabr oyida ham muhokamalarga sabab bölgandi. Qoraqalpoğistonning Törtköl, Beruniy tumanlari hamda Xorazm viloyatidagi maktablarga ham yaroqsiz bir martalik bepul yengil tamaddilar yetkazilgani ma’lum bölgan.

Keyingi yildan yölga qöyiladigan bepul ovqatlantiriş qanday böladi?