1-imkoniyat. 2025 yil 24–30 sentabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasida doimiy yaşovçi va kiriş imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija körsatib, davlat oliygohlarining kunduzgi ta’lim şakliga tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uçun röyxatdan ötadi.
Röyxatdan ötiş my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oşiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy ta’lim taşkiloti va ta’lim yönalişi böyiça tanlovda iştirok etadi.
Röyxatdan ötgan abituriyentlar ötkazilgan kiriş imtihonlari natijasiga köra töplagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.
Tavsiya etilganlar röyxati belgilangan tartibda rasmiylaştiriş uçun tegişli oliy ta’lim taşkilotlariga yetkaziladi.
2-imkoniyat. 2025 yil 29 sentabrdan 6 oktyabrga qadar (şu kuni ham) Qoraqalpoğiston Respublikasida doimiy yaşaydigan hamda umumiy örta, örta maxsus va kasbiy ta’lim taşkilotlarini tamomlagan, jumladan, muayyan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim taşkilotlariga tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoşlar uçun 200 ta maqsadli qabul parametrlariga abituriyent sifatida röyxatdan ötiş imkoniyati yaratiladi.
Bunda:
➖röyxatdan ötiş my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oşiriladi;
➖röyxatdan ötgan abituriyentlar uçun 2025 yil 12 oktyabrga qadar test sinovlari ötkaziladi;
➖ötkazilgan test sinovlari natijasiga köra abituriyentlarning töplagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlari doirasida tanlov natijalari belgilangan tartibda rasmiylaştiriş uçun 2025 yil 17 oktyabrga qadar oliy ta’lim taşkilotlariga yetkaziladi.
Röyxatdan ötgan abituriyentlardan prezidentning PQ–4319-son qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi tölov undiriladi.
2025 yil 15 noyabrga qadar yuqoridagi 1- va 2-imkoniyatlarga muvofiq maqsadli grant örinlariga qabul qilingan talabalar bilan oliy ta’lim taşkilotini tamomlagandan keyin tegişli hududda 3 yil işlab beriş majburiyatini nazarda tutuvçi tört tomonlama (hududiy hokimlik, sohaviy davlat organi (taşkiloti), talaba va oliy ta’lim taşkiloti örtasida) şartnomalar rasmiylaştiriladi.
3-imkoniyat. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan bakalavriat ta’lim yönalişlari kesimida tölov-kontrakt asosida respublika davlat oliy ta’lim taşkilotlariga qöşimça 7 225 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

















