"4-5 oktyabr kunlari Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumani turizm va madaniy almashinuv markaziga aylanadi. Bu yerda "Sahro sadosi" III xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi", – deya ma’lum qilingan nashrda.
O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Qoraqalpog‘iston Turizm boshqarmasi ushbu yirik tadbirning tashabbuskorlari hisoblanadi.
"Festivalning maqsadi – mintaqaning tarixiy-madaniy, ziyorat va ekologik turizmini ommalashtirish, shuningdek, qadimiy Xorazm sivilizatsiyasining noyob yodgorliklariga, hunarmandchilik an’analariga va gastronomiyasiga e’tiborni jalb qilishdan iborat", – deb yozilgan materialda.
Bundan tashqari, nashrda festival dasturi haqida o‘quvchilar e’tiboriga batafsil ma’lumotlar taqdim etilgan.
"Ikki kun davomida universitet professor-o‘qituvchilari uchun xalqaro treninglar, qadimiy Tuproqqal’a qo‘rg‘oni hududida tasviriy san’at tanlovi, milliy taomlar bo‘yicha musobaqalar hamda manzarali Oqchako‘l ko‘li qirg‘og‘ida katta konsert tashkil etiladi", – deb qayd etilgan "Karavan-Info" axborot agentligi maqolasida.











