Ushbu tanlovda davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonida 68,0 va undan yuqori ball to‘plagan, kunduzgi ta’lim shakliga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar ishtirok etishi mumkin.
Ushbu toifadagi abituriyentlar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida 2025 yil 24-30 sentabr kunlari ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar o‘zlari to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti uchun maqsadli tanlovda ishtirok etadi.
Tanlov natijalari 2025 yil 4 oktyabrga qadar my.uzbmb.uz saytida e’lon qilinadi.











